Xaydarov Kamol Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mudofaa tizimida axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlash mexanizmi (ochiq manbalar misolida)», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ss99.
Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017. Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor, Qodirov Akmaljon Rasulovich, harbiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston mudofaa tizimida axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlash mexanizmi bilan bog‘liq siyosiy munosabatlarni kompleks tahlil qilish asosida mudofaa sohasidagi axborot-psixologik chora-tadbirlarni takomillashtirish va ularni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasidagi «mamlakat mudofaasi» ta’rifi “axborotga oid chora-tadbirlar tizimi” degan tushunchani kiritish orqali takomillashtirilgan;
zamonaviy siyosiy mojarolarda har tamonlama ustunlikka erishish va xalqaro jamoatchilik fikrini o‘z manfaati yo‘nalishida shakllantirish uchun eng avvalo axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish vositalaridan foydalanish samarali ekanligi asoslab berilgan;
mamlakat mudofaa tizimini mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida axborot-psixologik xavfsizlik tizimini shakllantirish, axborot yordamida faol kurashishni ochiq va yopiq shakllari, yolg‘on xabar tarqatish, vaziyatni taranglashtirish, adashtirish usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda davlat harbiy tashkilotining boshqaruv tizimiga yuqori darajada himoyalangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish lozimligi asoslangan;
mudofaa tizimida axborot-psixologik xavfsizlik masalalari taktik, tezkor va strategik kabi darajalarga ajratilgan holda tasniflangan hamda axboriy hujumning maqsadi o‘z manfaati yo‘lida biron-bir yod g‘oya, xulqatvor namunasi, boshqaruv usuliga (strategik) o‘zgacha qoidalar va hayot tarzini targ‘ib etish ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mudofaa tizimida axborotning psixologik xavfsizligini ta’minlash mexanizmini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasidagi «mamlakat mudofaasi» ta’rifi “axborotga oid chora-tadbirlar tizimi” degan tushunchani kiritishga doir takliflardan  O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi 458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qo‘llanilgan asosiy tushunchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan va Doktrinaning 5-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflar mamlakat mudofaasiga doir konseptual g‘oya va tushunchalarni yanada boyitishga va normativ-huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilgan;
zamonaviy siyosiy mojarolarda har tamonlama ustunlikka erishish va xalqaro jamoatchilik fikrini o‘z manfaati yo‘nalishida shakllantirish uchun eng avvalo axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish vositalaridan foydalanish samarali ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi 458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasining 14-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar zamonaviy harbiy mojarolarning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mamlakat mudofaa tizimini mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida axborot-psixologik xavfsizlik tizimini shakllantirish, axborot yordamida faol kurashishni ochiq va yopiq shakllari, yolg‘on xabar tarqatish, vaziyatni taranglashtirish, adashtirish usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda davlat harbiy tashkilotining boshqaruv tizimiga yuqori darajada himoyalangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish lozimligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi 458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasining 16-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar mudofaa sohasida axborot xavfsizligi tizimini shakllantirishni ta’minlashga xizmat qilgan;
mudofaa tizimida axborot-psixologik xavfsizlik masalalari taktik, tezkor va strategik kabi darajalarga ajratilgan holda tasniflangan hamda axboriy hujumning maqsadi o‘z manfaati yo‘lida biron-bir yod g‘oya, xulqatvor namunasi, boshqaruv usuliga (strategik) o‘zgacha qoidalar va hayot tarzini targ‘ib etish ekanligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi 458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasining 29-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar davlat harbiy tashkilotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilashga xizmat qilgan;
mudofaa tizimida axborot-psixologik xavfsizlikni taktik, tezkor va strategik darajalarda ta’minlash kabi turli mezonlarga asosan tasniflash va axborotning   psixologik    xavfsizligini   ta’minlash  tushunchasiga   doir   
takliflardan “Harbiy ta’lim” yo‘nalishi kursant va tinglovchilari uchun “Axborot xavfsizlik psixologiyasi” (2018 y., 718-087 raqamli guvohnoma) o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining 2019 yil 2 oktyabrdagi 14 (ipktm)-son ma’lumotnomasi). Natijada “Axborot xavfsizlik psixologiyasi” fanining “Globallashuv jarayonida shaxsni destruktiv axborotdan xavfsizligini psixologik ta’minlash omillari” va “O‘zbekistonda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning ahamiyati” kabi institutlarining ilmiy-nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish