Mallaeva E’tiborxon Maxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning mafkuraviy omillari», 23.00.03–Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ss127.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Shuxrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori; Nazarov Nasriddin Atakulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning mafkuraviy omillarini aniqlash hamda bu jarayonda milliy g‘oyaning rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar siyosiy madaniyati va mafkura o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik hamda mafkura tarkibidagi dixotomik (ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, yaratuvchanlik va vayronkorlik kabi) xarakterdagi bir biriga qarama-qarshi bo‘lgan kategoriyalarning fuqarolar siyosiy ongiga ta’siri ilmiy jihatdan ochib berilgan;
demokratik jamiyatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyat darajasini aniqlovchi mezonlari mental xususiyatlarni (diniy omillar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar) inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
fuqarolarning siyosiy madaniyatini rivojlantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari sifatida fuqaro+davlat, fuqaro+ta’lim tizimi, fuqaro+NNT, fuqaro+siyosiy partiya, fuqaro+milliy g‘oya formatida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligi ochib berilgan;
fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirish va jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonida milliy mafkura konsepsiyasini takomillashtirishda milliy, hududiy, mintaqaviy, umuminsoniy xususiyatlarni hisobga olish lozimligi kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning mafkuraviy omillari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fuqarolar siyosiy madaniyati va mafkura o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik hamda mafkura tarkibidagi dixotomik (ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, yaratuvchanlik va vayronkorlik kabi) xarakterdagi bir biriga qarama-qarshi bo‘lgan kategoriyalarning fuqarolar siyosiy ongiga ta’siri ilmiy jihatdan ochib berilganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘limining 27. “Fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirish hamda millatlararo munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish” hamda 28. “Milliy axborot makonini himoya qilish bo‘yicha Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish”bandlari ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 01-616-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi o‘zining mafkurasini ishlab chiqish va targ‘ibot ishlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan;
demokratik jamiyatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyat darajasini aniqlovchi mezonlari mental xususiyatlarni (milliy qadriyatlar, urf odatlar, an’analar) inobatga olishga hamda siyosiy madaniyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarixiy mafkuraviy omillarni qiyosiy o‘rganish orqali milliy mafkura konsepsiyasini takomillashtirishda tarixiy, milliy, diniy omillarga tayanish lozimligiga oid taklif va tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yilda yoshlar siyosiy madaniyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining 1-bo‘lim 12-bandini amalga oshirishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 17 maydagi 01/711-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosa va takliflar institutning jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida NNT va siyosiy partiyalar rolini mustahkamlashga doir metodik qo‘llanma va «yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.
fuqarolarning siyosiy madaniyatini rivojlantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari sifatida fuqaro+davlat, fuqaro+ta’lim tizimi, fuqaro+NNT, fuqaro+siyosiy partiya, fuqaro+milliy g‘oya formatida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining IV. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar” bo‘limining 17.“ O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «O‘zbekiston tarixi» kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini milliy mafkura g‘oyalari bilan to‘yintirish” hamda 21.“ Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimiz, engilmas sarkarda va arboblarimizning bebaho merosi, milliy qahramonlarimiz jasoratini yoshlar ongiga bolalikdan boshlab singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish va siyosiy madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish” kabi bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 01-616-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalarning O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ish rejasiga kiritilishi hamda amaliyotga joriy etilishi fuqarolarning siyosiy madaniyatini rivojlantirish va jamiyat barqarorligini ta’minlashning mafkuraviy omillariga partiya e’tiborini yanada kuchaytirishga katta hissa qo‘shgan;
fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirish va jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonida milliy mafkura konsepsiyasini takomillashtirishda milliy, hududiy, mintaqaviy, umuminsoniy xususiyatlarni hisobga olish lozimligi yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonida mafkura va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish sohasidagi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazning 2019 yil 11fevraldagi 1654-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturining VI bobi “Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar” qismida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan.