Norov Akmal Ruzimamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt.383.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafoev Zafar Bo‘rievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Aloqabank» aksionerlik tijorat banki.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari kredit amaliyotida xo‘jalik sub’ektlari faoliyatidagi sun’iy kredit boqimandalikni yuzaga keltirish holatlarini bartaraf etish maqsadida ularga “kredit ta’tili” berish taklifi asoslangan;
tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni asosiy qarz summasi tarkibiga kiritish taklifi ishlab chiqilgan;
xo‘jalik sub’ektlari tomonidan xorijiy valyutada olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovga qobillikni barqarorlashtirish uchun valyuta kursi tebranishini inobatga olgan holda ularga “xorijiy valyutadagi kredit ta’tili” berilishini tatbiq etish asoslangan;
tijorat banklari filiallari kredit portfelini mustahkamlash va diversifikatsiyalash uchun mustaqil kredit siyosatini amalga oshirishda kredit limitlarini erkinlashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari kreditlash amaliyotida xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida sun’iy kredit boqimandaligi yuzaga kelishini bartaraf etish maqsadida, unga “kredit ta’tili” berish bo‘yicha kiritilgan taklif ATB “Turonbank” kredit amaliyotiga joriy qilingan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 2 noyabrdagi 08-71/4144-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tijorat banki tomonidan kredit taqdim etilgan xo‘jalik sub’ektlari faoliyatidagi sun’iy kredit boqimandaligi sezilarli darajada pasaygan;
tijorat banklarining kreditlash amaliyotida kreditni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni asosiy qarz summasi tarkibiga kiritish yuzasidan berilgan taklif ATB “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 2 noyabrdagi 08-71/4144-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB “Turonbank” kredit portfeli 2261,2 mlrd. so‘mga qadar etib, yil boshiga nisbatan 526,3 mlrd. so‘m hajmda ko‘proq kredit mablag‘i ajratilishiga erishilgan;
xo‘jalik sub’ektlari tomonidan xorijiy valyutada olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovga qobillikni barqarorlashtirish uchun valyuta kursi tebranishini inobatga olgan holda ularga “xorijiy valyutadagi kredit ta’tili” berilishi taklifi “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yilgi kredit siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 13 dekabrdagi 19-09/5952-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2018 yilda “Aloqabank”ning xorijiy valyutadagi kredit portfeli 17,4 barobar oshib, 94,6 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan;
tijorat banklari filiallari kredit portfelini oshirish va diversifikatsiyalash uchun mustaqil kredit siyosatini amalga oshirishda kredit limitlarini erkinlashtirish taklifi “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yilgi kredit siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 13 dekabrdagi 19-09/5952-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Aloqabank”ning kredit portfeli oldingi yilga nisbatan 1,9 barobar oshib, 2019 yil 1 yanvar` sanasiga 4743,2 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Buning natijasida bankning kredit portfeli miqdorining bozordagi o‘rni 3 pog‘ona ko‘tarilib, 8-o‘rinni egallagan.