Nigmatulina Liliya Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuterga tobelikning shaxs xarakterologik xususiyatlariga ta’siri”, 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4. PhD/ Psi33
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Kudratullaeva Ruxsora Baxtiyarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompyuterga tobe shaxsning xarakterologik xususiyatlarini aniqlash, o‘rganish va korreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarning kompyuterga tobeligini determinantlovchi “o‘ziga yo‘nalganlik”, “faoliyatga yo‘nalganlik” kompyuterga tobelikdan qutilishiga yordam beruvchi psixologik omillar ekanligi ilmiy jihatdan aniqlangan;
kompyuterga tobe shaxsning “emotsional beqarorlik”, “haddan ziyod berilib ketish”, “o‘zidan qoniqmaslik”, “qo‘rquv” kabi psixologik xususiyatlari o‘smirlar emotsional tuyg‘ulari nazoratini susaytiruvchi psixologik omil ekanligi aniqlangan;
o‘smirlarda kompyuterga tobelikdan himoyalanishning “emotsional bilimdonlik”, “emotsiyalarni boshqarish” va “o‘z-o‘ziga motivatsiya berish” etuk emotsional soha ekanligi empirik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan;
kompyuterga tobe o‘smirlarda namoyon bo‘ladigan shaxsiy ichki nizolar, “agressivlik”, “hukmronlik”, “betartiblik”, “egotsentrizm”, “frustratsiya” singari kommunikativ sifatlarni aniqlash orqali kompyuterga tobelikni aks ettiruvchi mezonlar tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi asosida o‘smirlarning o‘ziga xos xususiyatlariga kompyuterga tobelikning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarning kompyuterga tobeligini determinantlovchi “o‘ziga yo‘nalganlik”, “faoliyatga yo‘nalganlik” kompyuterga tobelikdan qutilishiga yordam beruvchi psixologik omillar ekanligi ilmiy jihatdan aniqlanganligiga doir ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 sentyabrdagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Natijada kompyuterga tobeligini determinantlovchi psixologik omillarlarni tadqiq etish jarayonining metodologik manbasi boyitilgan;
kompyuterga tobe shaxsning “emotsional beqarorlik”, “haddan ziyod berilib ketish”, “o‘zidan qoniqmaslik”, “qo‘rquv” kabi psixologik xususiyatlari o‘smirlar emotsional tuyg‘ularini nazorat qilishning susaytiruvchi psixologik omil ekanligi aniqlangan bo‘lib ular Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 sentyabrdagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Bu kompyuterga tobe shaxs xususiyatlarini aniqlash ishlarining ilmiy-amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
o‘smirlarda kompyuterga tobelikdan himoyalanishning “emotsional bilimdonlik”, “emotsiyalarni boshqarish” va “o‘z-o‘ziga motivatsiya berish” etuk emotsional soha ekanligi empirik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 sentyabrdagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Natijada aniqlangan kompyuterga tobelikdan himoyalanishning etuk emotsional sohasi Markazning ilmiy-amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
kompyuterga tobe o‘smirlarda namoyon bo‘ladigan shaxsiy ichki nizolar, “agressivlik”, “hukmronlik”, “betartiblik”, “egotsentrizm”, “frustratsiya” singari kommunikativ sifatlarni aniqlash orqali kompyuterga tobelikni aks ettiruvchi mezonlar tizimi takomillashtirilganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 sentyabrdagi P-M-5a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Markaz psixologlariga kompyuterga tobe o‘smirlarda namoyon bo‘ladigan shaxsiy ichki nizolar, “agressivlik”, “hukmronlik”, “betartiblik”, “egotsentrizm”, “frustratsiya” singari kommunikativ sifatlarni aniqlashda individual yondashuvni qo‘llash samaradorligini oshirishga yordam bergan.