Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish»,   08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt447.
Ilmiy rahbar:  Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Nodirbek Ibroximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalari faoliyatini samarali boshqarish jarayoning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sof foydasiga bog‘liq bo‘lgan ssenariy usullari takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirishning integratsiyalashgan boshqaruv strategik modeli ishlab chiqilgan;
innovatsion rivojlanish sharoitida vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalari boshqarish samaradorligini baholash usuli mehnat unumdorligi va mehnat samaradorligini hisoblash asosida takomillashtirilgan;
vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalari faoliyatini samarali boshqarish jarayoning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sof foydasiga bog‘liq bo‘lgan ssenariy usullari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 fevraldagi 04/06-846-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning «UZTEX Uchkurgan» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilishi natijasida 38,6 mln. so‘mlik qo‘shimcha daromad olishga erishilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirishning integratsiyalashgan boshqaruv strategik modeli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «UZTEX Uchqorgon» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 fevraldagi 04/06-846-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni «UZTEX Uchkurgan» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilishi natijasida 2018 yilda 22,5 mln. so‘mlik qo‘shimcha iqtisodiy samaraga erishilgan;
innovatsion rivojlanish sharoitida vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalari samaradorligini baholash usulini mehnat unumdorligini hisoblash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Namimpekstekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 fevraldagi 04/06-846-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni «Namimpeks-tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga joriy etilishi natijasida 2018 yilda boshqaruv xarajatlarini 35,2 mln. so‘mga qisqartirishga erishilgan;
vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan pragnoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatini strategik rivojlantirish amaliyotiga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 20 fevraldagi 04/06-846-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari asosida 2020–2025 yillar uchun «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi vertikal integratsiyalashgan sanoat korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish