Bauetdinov Majit Janizaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investision xarajatlarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt712.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investision xarajatlarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatli qog‘ozlarning investision jozibadorligini inflyasiyaning mo‘’tadil (yillik 3%) darajasiga erishish va milliy valyutaning deval`vatsiyasiga barham berish yo‘li bilan ta’minlash, investorlarning qimmatli qog‘ozlardan oladigan daromadlarini soliqqa tortishdan ozod qilish orqali korxonalarning qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishga asoslangan uzoq muddatli moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyoti takomillashtirilgan;
kreditlarning foiz stavkalarini past va barqaror darajasini ta’minlash, korxonalar joriy aktivlari va joriy passivlari tarkibini yaxshilash yo‘li bilan joriy likvidlilik koeffisientining me’yoriy (1,25%) darajasiga erishish orqali korxonalarning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish asoslangan;
hukumat kafolati asosida xorijdan qat’iy valyuta (AQSh dollari)da xalqaro kreditlar jalb qilish va ular hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarining tijorat banklari oldidagi qat’iy valyutadagi muddati o‘tgan va muddati kelgan kreditlarni qaytarish orqali valyuta siyosati liberallashtirilishining tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash salohiyatiga salbiy ta’sirini bartaraf etish taklifi asoslangan;
tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining barqarorligini ta’minlash yo‘li bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarida mahsulotlar tannarxining yalpi tushumdagi salmog‘ini pasaytirish orqali korxonalarning kredit to‘loviga layoqatlilik darajasini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investision xarajatlarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari tomonidan korxonalarga beriladigan uzoq muddatli investision kreditlarning resurs ta’minotini mustahkamlash maqsadida banklarning likvidliligini va moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni yaxshilash yo‘li bilan ular tomonidan jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hajmini oshirish taklifi «Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 25 apreldagi 03/10-1-12-3350-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida «Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hajmi 8,8 foizga oshgan;
tijorat banklari regulyativ kapitali mikdorini ustav kapitalining to‘langan qismi hisobidan oshirish orqali likvidlilik riski darajasini pasaytirish taklifi «Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan («Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil 25 apreldagi 03/10-1-12-3350-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida «Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining regulyativ kapitali mikdori ustav kapitalining to‘langan qismi hisobidan oldingi yilga nisbatan 21,4 foizga oshgan;
oddiy aksiyalarning emissiya hajmini oshirish, foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxiralar miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan lizing kompaniyalarining kapitallashish darajasi oshirish orqali ularning uzoq muddatli resurslarni jalb qilish imkoniyatini oshirish taklifi «O‘zbek Lizing Interneshnl A.O.» kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zbek Lizing Interneshnl A.O.» kompaniyasining 2019 yil 10 iyundagi 0485A/001-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2017 yilda «O‘zbek Lizing Interneshnl A.O.» kompaniyasi tomonidan jalb qilingan uzoq muddatli resurslar miqdori 2016 yilga nisbatan 2,4 marta oshgan;
lizing kreditlari bo‘yicha sof foizli marja ko‘rsatkichining me’yoriy darajasini ta’minlash hamda lizing kreditlari foiz stavkalarining barqaror darajasini ta’minlash yo‘li bilan korxonalarga beriladigan lizing kreditlari hajmini oshirish taklifi «O‘zbek Lizing Interneshnl A.O.» kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zbek Lizing Interneshnl A.O.» kompaniyasining 2019 yil 10 iyundagi 0485A/001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida «O‘zbek Lizing Interneshnl A.O.» kompaniyasi tomonidan xususiy korxonalarga berilgan lizing kreditlari miqdori 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 2,1 marta oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish