Musinova Ruxshona Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagoglarda kreativ o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya bo‘yicha (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Rsi69
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Botirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kudratullaeva Ruxsora Baxtiyarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarni kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning ijtimoiy-psixologik vositalari asosida shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarda kreativ o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirishning “kreativ”, “analitik”, “kommunikativ”, “qadriyatli” kabi xususiyatlari aniqlangan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning samarali shakllanishi va rivojlanishida “sub’ektlilik”, “nazariyaning amaliyot bilan aloqasi”, “shaxsiy maqsad” hamda “kasbiy funksiya”lar psixologik-didaktik prinsiplar sifatida asoslangan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning shakllanishi va rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi “tizimli”, “faoliyatli”, “prakseologik”, “aksiologik”, “metodologik” komponentlari ilk marotaba ilmiy jihatdan aniqlangan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida kreativ maqsadlarni tanlash, individual ijodiy, kreativ imkoniyatlarni anglash, harakatlarning tarkibi va izchilligi to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak pedagoglarda kreativ o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak pedagoglarda kreativ o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirishning “kreativ”, “analitik”, “kommunikativ”, “qadriyatli” kabi xususiyatlari aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixologlarning pedagoglar bilan ishlash faoliyatida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 13 noyabrdagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda kreativ o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirish va ilmiy jihatdan talqin qilishga yordam bergan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning samarali shakllanishi va rivojlanishida “sub’ektlilik”, “nazariyaning amaliyot bilan aloqasi”, “shaxsiy maqsad” hamda “kasbiy funksiya”lar psixologik-didaktik prinsiplar sifatida asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixologlar faoliyatida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 13 noyabrdagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixolog kadrlar tayyorlash o‘quv kursida kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning samarali shakllanishi va rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning shakllanishi va rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi “tizimli”, “faoliyatli”, “prakseologik”, “aksiologik”, “metodologik” komponentlari ilk marotaba ilmiy jihatdan aniqlanganligiga doir empirik ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixologlarning pedagoglar bilan ishlash faoliyatida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 13 noyabrdagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Markaz psixologlariga kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning shakllanishi va rivojlanish jarayoni samaradorligini oshirishga yordam bergan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida kreativ maqsadlarni tanlash, individual ijodiy, kreativ imkoniyatlarni anglash, harakatlarning tarkibi va izchilligi to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish samaradorligi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixologlarning kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida kreativ maqsadlarni tanlash faoliyatida tatbiq qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 13 noyabrdagi P-M-11a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan psixologik tavsifnomalar tuzish sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning samarali shakllanishi va rivojlanishida “sub’ektlilik”, “nazariyaning amaliyot bilan aloqasi”, “shaxsiy maqsad” hamda “kasbiy funksiya”lar psixologik-didaktik prinsiplar sifatida asoslanganligi doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining nazariya va amaliyot bilan bog‘liq faoliyatida tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi № 89-03-4851-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik faoliyat xususiyatlarini o‘rganish pedagog hayot faoliyatidagi kreativ o‘z-o‘zini boshqarishning roli va ahamiyatini baholash imkonini oshirgan.