Nishanbaeva Enajon Zaripbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish mexanizmlari (ijtimoiy-siyosiy tahlil)», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Siyos20.
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gapparovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy  universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi, DSc.29.08.2017.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov A’zamjon Rejabovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ernazarov Dilmurod Zuxriddinovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish  jarayonida ijtimoiy sheriklikning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqiy sohada keng ishlatiladigan “ijtimoiy sheriklik” kategoriyasining ta’rifi siyosiy tushunchalar kiritilishi orqali takomillashtirilgan hamda u siyosiy kategoriya ham ekanligi asoslangan;  
davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda bichmarking, krautfanding, taymbanking, krautsorsing, autsorsing kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim omil ekanligi ochib berilgan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+o‘zini o‘zi boshqarish organlari kabi formatlarda ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish lozimligi ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikdan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan  (fuqarolik jamiyati institutlari a’zolari huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish, davlat va NNTlar ijtimoiy hamkorligi monitoringini olib borish kabi) taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
huquqiy sohada keng ishlatiladigan “ijtimoiy sheriklik” kategoriyasining ta’rifi siyosiy tushunchalar kiritilishi orqali takomillashtirilgan hamda u siyosiy kategoriya ham ekanligi doir hamda davlat va NNTlar ijtimoiy hamkorligi monitoringini olib borish kabi taklif va tavsiyalardan tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2018 yil 25 iyundagi 01-27/642-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarning joriy etilishi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda bichmarking, krautfanding, taymbanking, krautsorsing, autsorsing kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim omil ekanligiga oid hamda ijtimoiy sheriklik jamiyat asosiy guruhlari muhim ijtimoiy-siyosiy qiziqishlarining ro‘yobga chiqarilishi, siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar alohida turi ekanligini retrospektiv tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan rivojlanish  dinamikasi bo‘yicha taklifi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatiga joriy qilingan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 y. 25 maydagi 11/261-son ma’lumotnomasi). Fuqarolik jamiyati va ijtimoiy sheriklikning o‘zaro aloqasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish vazifalari, ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga doir ilmiy takliflar ijtimoiy sheriklik samaradorligini tubdan yuksaltirish imkonini bergan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+o‘zini o‘zi boshqarish organlari kabi formatlarda ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish lozimligiga doir doir fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 18 iyundagi 04-13/3210-sonli dalolatnomasi) hamda  “Yetakchi” Yoshlar markazi NNT (“Yetakchi” yoshlar markazi NNTning 2018 yil  yanvardagi 01-17/9-son ma’lumotnomasi).  Dissertatsiyada ishlab chiqilgan 
ilmiy natijalarning joriy etilishi davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini takomillashtirish asosida davlat boshqaruv organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikdan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan  (fuqarolik jamiyati institutlari a’zolari huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish, davlat va NNTlar ijtimoiy hamkorligi monitoringini olib borish kabi) taklif va tavsiyalardan tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2018 yil 25 iyundagi 01-27/642-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda ishlab chiqilgan ijtimoiy sheriklik mohiyatini anglash va turli sub’ektlar hokimiyat tizimlari, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga oid takliflar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, ijtimoiy-mehnat munosabatlari va boshqa jabhalardagi dolzarb muammolarni hal etish, jamiyatdagi ehtimolli nizolarni prognoz qilish va ularning oldini olishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish