Nazarova Dinara Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Shaharsozlikda mahalliy hudud va markazlarni tarmoqlantirish», 18.00.02– Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.PhD/A6.
Ilmiy rahbar: Reyimbaev Shuxrat Sa’dullaevich, arxitektura nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Arifjan Muslimovich, arxitektura doktori, professor; Balgaev Abdisamat Balgaevich, arxitektura nomzodi,dotsent. 
Yetakchi tashkilot: ToshkentboshplanLITI Davlat unitar korxonasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy hududlar va markazlar tuzilmasini shakllantirish prinsiplarini tadbiq etish yo‘li bilan O‘zbekistondagi shaharsozlikka oid loyihalash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaharlarning rejaviy strukturalari etti davrda: qadimgi (Vara), antik (dual), o‘rta asrlar (uch qismli),  XIX asr (halqasimon), kolonial (nursimon, ikki stukturali), sotsialistik (ekstensiv), XXI asr (metabolik) da rivojlanganligi asoslab berilgan;
shaharlarning zamonaviy mahalliy hudud va markazlarining shakllanishiga daha, mahalla, guzar, chorsu, rasta, tim, xiyobon kabi tarixiy rejaviy-morfologik strukturalar asos bo‘lganligi aniqlangan;
shaharsozlikda mahalliy hudud va markazlarning yassi (tuman, turar joy komplekslari, sanoat hududlari, bog‘lar hududi), majmuaviy (ishbilarmonlik va ma’muriymarkazlar, transport tugunlari, erkin iqtisodiy hududlar),chiziqli(savdo ko‘chalari va turistik marshrutlari bilan bog‘langan tarixiy majmualar, sohilbo‘yi landshaftlar, bul`varlar, alleyalar)kabi asosiy morfologik turlari mavjudligi aniqlangan;
Eski Toshkent hududining Haqiqat ko‘chasida joylashgan Ho‘ja Ahror Valiy majmuasi tarkibidagi jome’ va mahalliy masjidlar, madrasa, mahalla choyhonasi hamda qadimgi Binketning shahriston devori va darvozasining grafik rekonstruksiyas taklif loyihalari yaratilgan;
mahalliy hududlarda yashil yo‘laklar va belbog‘lar shaklidagi ko‘kalam-zorlashtirish tizimini segmentsimon va qobiqsimon tarzda tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqotning asosiy holatlari quyidagi loyihalar va ishlarda tadbiq  qilingan:
mahalliy hududlarni rekonstruksiya qilish usullari, barqaror shaharsozlikning rivojlanish tamoyillari bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ToshkentboshplanLITI DUK ning 2017 yil 7 dekabrdagi NPO-4542-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
shaharlardagi mahalliy hudud va markazlarni an’anaviy me’morchilik asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar F.1-86 raqamli “O‘zbekiston arxitekturasining mustaqillik mafkurasi asosida shakllanish  qonuniyatlarini tatqiq etish va samarali rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (2011–2016 yy.) fundamental tadqiqotning “Zamonaviy shaharsozlikning rivojlanish prinsiplari”, “Milliy mustaqillik g‘oyasi asosida O‘zbekiston arxitekturasi va shaharsozligi shakllanishi qonuniyatlari va samarali rivojlanish prinsiplari” qismlarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 martdagi 89-03-1271-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi mustaqillik davri shaharsozligining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan;
ishbilarmonlik markazlari va transport hamda piyodalar harakatini tartibga solish bo‘yicha olingan natijalar Buxoro viloyati Shofirkon shahri va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri ingichka qo‘rg‘oni bosh rejalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Qishloqqurilishloyiha” MChJ bosh loyiha-qidiruv institutining 2019 yil 24 apreldagi 457-1/01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari shaharlarning investision va iqtisodiy jozibadorligini oshirish hamda ijtimoiy tuzilmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish