Ziyaev Abdumannop Abduraximovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkentning shaharsozlik va me’morchilik madaniyati», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.2.DSc/A3.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Xidoyatov Temur Abrarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Ismailova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkentning qadimdan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan vujudga kelish va taraqqiyot bosqichlarining arxitektura va shaharsozlik tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk islom davrining Binket (hozirgi Toshkent shahri) va Toshkent vohasidagi Ushturket, Banuket, Zaltiket, Nauket nomli yirik aholi punktlarining urbanizatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
arab geograflari Istahriy va Maqdusiylarning ma’lumotlari asosida “Binket” va “Madina Shosh”ning tarkibiy qismlari - ark, shahriston va rabodlarning turli davrlardagi rejaviy rivojlanish jarayoni sxemalari ishlab chiqilgan;
XIV asr oxirida Toshkent shahar hududida mudofaa inshootlari: mustahkam qal’a, qo‘rg‘ondevorlar, harbiy istehkomlar qurilish jarayonlarining takomillashuvi Amir Temurning qurilish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi aniqlangan; 
Toshkent XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda aholi soni va arxitekturaviy imoratlarning qurilish ko‘lami jihatidan eng yirik shahar (maydoni 50 km2ga yaqin) ekanligi, shaharda 12 ta asosiy darvozalardan tashqari 20 ga yaqin qopqalar mavjud bo‘lganligi aniqlangan;
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib shaharning chor Rossiyasi davrida ajratilgan eski va yangi qismlarining rejaviy jihatdan uyg‘unlashganligi, natijada shaharda umumiy yagona markazning shakllanganligi aniqlangan;
Toshkent shahri hududidagi Yunusobod Oqtepasi, Chilonzor Oqtepasi, Ming o‘rik, Uchtepa, Xonobodtepa, Foziltepa, Shoshtepa shaharchalari hamda Toshkent viloyatida joylashgan Xonqa, Qovunchitepa, Ulkantoytepa, Chinoztepa, Hisortepa shaharchalarining grafik rekonstruksiya variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Toshkentning shaharsozlik va me’morchilik madaniyati mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
“Toshkentning eski shahar qismini 2020 yilgacha shaharsozlik jihatdan rivojlantirish va qayta qurish dasturi” loyiha konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan “Toshkentning eski shahar qismi retrospektivasi va makoniy rivojlanish bosqichlari” yuzasidan olingan natijalar amaliyotga tadbiq etilgan (“TOShKENTBOShPLANLITI” institutining 2013 yil 28 yanvardagi NPO-351-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi qadimgi manbalarda shaharning joylashuvi, shaharsozlik echimlarining muvofiqlashtirilishi kabi tushunchalarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish imkonini bergan;
Toshkent shahri boshtarhini ishlab chiqish konsepsiyasining “Toshkent shahrining moddiy-madaniy ob’ektlari muhofazasi” yuzasidan olingan natijalar amaliyotda qo‘llanilgan (“TOShKENTBOShPLANLITI” institutining 2014 yil 03 yanvardagi NPO-09-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Toshkent shaharsozligining genetik asoslarini belgilash hamda shaharsozlik an’analarining qadimdan vujudga kelganligi va taraqqiy etganligi xususida aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Toshkent eski shahar qismining shaharsozlik rivojlanish bosh sxemasi, ya’ni tarixiy-arxitekturaviy tayanch tarhi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (“TOShKENTBOShPLANLITI” institutining 2014 yil 02 oktyabrdagi NPO-3026-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Toshkent shaharsozligining genetik asoslarini belgilash hamda shaharsozlik an’analarining qadimdan vujudga kelganligi va taraqqiy etganligi xususida aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;  
Toshkent viloyati Chinoz tumani markazini rivojlantirish boshtarhi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (“TOShKENTBOShPLANLITI” institutining 2016 yil 5 oktyabrdagi NPO-2887-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Toshkent viloyati shaharsozligining genetik asoslarini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish