Aymatov Anvarbek Abdiholiqovichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand shahri tarixiy turar joylarini saqlash va qayta tiklash yo‘llarini takomillashtirish», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.4.1.PhD/A21.
Ilmiy rahbar: Salimov Orifjon Muslimovich, me’morchilik fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02. 
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori; Mansurov Yashnar Mansurovich, me’morchilik fanlari nomzodi, dotsent 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: Samarqand shahri tarixiy turar joy binolarini saqlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash borasida ilmiy-nazariy hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta asrlar shaharsozligi tarixida turar joy va mahallalar me’moriy kompozisiyalari antik davr (mil.avv. VI – mil. IV), islom davri  (VII–XIII a.a.), temuriylar dari (XIV–XV a.a.), xonliklar davri (XVI–XIX a.a.), Chor rossiyasi va sobiq sovet ittifoqi davri (XIX–XX a.a) va mustaqillik davri kabi evolyusion bosqichlarda shakllanganligi aniqlangan; 
turar joylar arxitekturasining shakllanishiga diniy va etnik (ichki va tashqi hovli), tabiiy (ariq, hovuz), ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy (hunarmandchilik ustaxonalari, kichik savdo do‘konlari) omillar ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
an’anaviy turar joylarning hajmiy-fazoviy kompozisiyasi mahalla markazining yaxlitligini oshirganligi va o‘z navbatida, turar joy va mahalla markazlari kompleks tarzda shahar monumental ansambllarining ulug‘vorligini namoyon etganligi isbotlangan;
o‘rta asrlarda an’anaviy turar joylarning hududiy o‘ziga xos mezonlari ulug‘ va ters ayvonli, dolonli (Xorazm), tobiston va zimiston xonali (Buxoro), soyabonli, berun va darun hovlili (Toshkent), hashamdor ochiq ayvonli, hunarmandchilikka oid xonalarning ko‘pligi (Samarqand), qashqarcha turidagi markaziy xonali (Farg‘ona) kabilar aniqlangan;
an’anaviy turar joylar strukturasining rivojlanishida perimetrial yopiq hovli yadro rolini bajarganligi, uning atrofida darvozaxona, dalon, chorpoya, ayvon, peshayvon, dahliz va xonalar shakllanganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Samarqand shahrining tarixiy turar joylarini saqlash va qayta tiklash yo‘llarini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy turar joy uylarini saqlash, qayta tiklash va moder-nizatsiyalashning nazariy asoslari yuzasidan olingan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasining 2019 yil 18 martdagi 01-01/36-son ma’lumotnomasi). Ilmiy  natijaning qo‘llanilishi Samarqand eski shahar mahallalarini saqlash qayta tiklash, ulardan zamonaviy maqsadlarda foydalanish va ta’mirlash tamoyillarini amaliy loyihalarda qo‘llash imkonini yaratgan; 
Samarqand shahrining tarixiy qismlari va bufer zonasidagi tarixiy turar joylarni reabilitatsiya qilish, tarixiy shaharning bosh rejasi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar amaliyotda qo‘llanilgan. (Toshkent bosh plan loyihalash va ilmiy tadqiqot instituti DUKning 2019 yil 8-noyabrdagi OGP-2459-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘l-lanilishi tarixiy shahar turar joylarini saqlash va modernizatsiyalash bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini yaratgan;
an’anaviy turar joylarning evolyusion rivojlanishi, strukturaviy echimi, hajmiy-fazoviy kompozisiyasi, hududiy o‘ziga xos mezonlari, turar joylarni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar bo‘yicha olingan natijalar amaliyotda foydalanilgan (Samarqand viloyati Qurilish Bosh boshqarmasining 2019 yil 15 sentyabrdagi 01-56-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi turar joylarni ta’mirlash va modernizatsiya qilishda an’anaviy uslublardan foydalanish imkoniyatini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish