Niyazimbetov Marat Qudiyarovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab tizimlarni modellashtirishning zamonaviy paradigmalari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam : B2017.3. DSc/Fa125
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor, Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab tizimlarni modellashtirishda nochiziqli-fraktal paradigmasining metodologik rolini hamda uning jamiyat taraqqiyotini modellashtirishdagi konseptual ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkablikning ontologik, gnoseologik va metodologik jihatlari, murakkab tizimlarni modellashtirishning zamonaviy paradigmalari (chiziqli paradigma, nochiziqli paradigma, fraktal paradigma), uning hozirgi murakkab, nochiziqli, noaniqlik olamda jamiyat taraqqiyotidagi konseptual ahamiyati asoslangan;
murakkablikni bilishda modellashtirish metodining konseptual xususiyatlari (aks ettirish, adekvatlik, soddalashtirish, axborot berish, bilish, resursni tejash, tizimlilik, prognozlash va h.k.) ochib berilgan;
murakkab tizimlarni modellashtirishda chiziqli paradigmaning bir tomonlamaligi ko‘rsatib berilgan va nochiziqli hamda fraktal paradigmalarining murakkab tizimlarni modellashtirishdagi konseptual ahamiyati asoslangan;
O‘zbekistonning rivojlanishida murakkablik, nochiziqlik, fraktallikning namoyon bo‘lishi xususiyatlari (rivojlanishda xilma-xillik, ko‘pvariantlilik, noaniqlik, nomuvozanatlilik, o‘z o‘zicha tashkillanish, butun va qism o‘xshashligi) ko‘rsatilgan. Murakkab nochiziqli jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz rivojlanishidagi yangi bosqichning (bifurkatsion jarayonda) attraktori (taraqqiyot modeli) ekanligi konseptual-falsafiy jihatdan asoslangan;
jamiyat rivojlanishining chiziqlilik, nochiziqlilik (sinergetik), sikllik, fraktallik modellarining nazariy-metodologik mohiyati ko‘rsatib berilgan va murakkablik paradigmasi negizida O‘zbekiston rivojlanishi jarayoniga adekvatli modeli ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab tizimlarni modellashtirishning zamonaviy paradigmalari bo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-metodologik taklif va tavsiyalar asosida:
murakkablikning ontologik, gnoseologik va metodologik jihatlari, murakkab tizimlarni modellashtirishning zamonaviy paradigmalari, uning hozirgi murakkab, nochiziqli, noaniqlik olamda jamiyat taraqqiyotidagi konseptual ahamiyatiga oid xulosa va natijalaridan A-1-92 “Avestoni tizimli tadqiq etish va “Zardushtiylik Xrestomatiyasini” nashr etish” (2015-2017 yillar) mavzuidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 may 89-03-1961 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning mazmunini takomillashtirishga va o‘qish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
murakkablikning ontologik, gnoseologik va metodologik jihatlariga oid yangiligidan mamlakatimizda ma’naviy faoliyatlarni to‘g‘ri tashkil etishda, samarali natijalarni olishda, ma’naviyatni murakkab tizim sifatida olib qarash, ma’naviyat tizimidagi muammo bu tizimli muammo ekanligi, ma’naviyat sohasidagi muammolarni bartaraf etishda fragmental tafakkurga emas, balki tizimli tafakkurga asoslanshi lozimligi haqidagi xulosa va tavsiyalardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 23 may, 04-13/2416 sonli ma’lumotnomasi). Yoshlar o‘rtasida ma’naviy va ma’rifiy ishlarninig samaradorligini oshirishga o‘z ifodasini topgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida mazkur dissertatsiya ishining xulosa va natijalaridan jumladan, murakkablikning ontologik, gnoseologik va metodologik jihatlari, murakkab tizimlarni modellashtirishning zamonaviy paradigmalari, jumladan nochiziqli va fraktal paradigmasining murakkab tizimlarni modellashtirishdagi metodologik rolining ilmiy-nazariy asoslariga doir uning hozirgi murakkab, nochiziqli, noaniqlik olamda jamiyat taraqqiyotidagi konseptual ahamiyati yaxlit holda o‘rganilgan; va jamiyat rivojlanishining chiziqlilik, nochiziqlilik (sinergetik), sikllik, fraktallik modellarining nazariy-metodologik mohiyati ko‘rsatib berilgan va murakkablik paradigmasi negizida O‘zbekiston rivojlanishi jarayoniga adekvatli modeli aniqlangan, - degan ilmiy yangiliklaridan mamlakatmiz xududida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda hamda axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda ilmiy nazariy manba nuqtai-nazardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutining 2019 yil 16-aprel`, 02/412 son ma’lumontomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz taraqqiyotini ilmiy-falsafiy jihatlardan yondashuvga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning rivojlanishida murakkablik, nochiziqlikning namoyon bo‘lishi xususiyatlari urganilgan, - degan ilmiy yangiligi, uning mazmuni va mohiyati, ahamiyati, metodologik jihatlariga bog‘liq bo‘lgan talablarni Tadbikorlar va ishbilarmonlar harakati liberal-demokratik partiyasi o‘z faoliyati jarayonida tadbiq etgan, shu sohadagi faoliyatlarni ilmiy-metodologik asoslangan holda olib borish imkonini bergan.
Dissertatsiya ishidagi xulosa va natijalardan, taklif va tavsiflardan foydalanildi va istiqbol rejalariga kiritish lozimligi inobatga olingan. Masalan, liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o‘ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borishda muhitning nochiziqliligi va murakkabligi xususiyatlarini inobatga olish, rivojlanish jarayoni doim ham chiziqli, ravon, tekis kechmasligi, balki unda muayyan notekisliklar, murakkabliklar, noaniqliklar ham kuzatilishi haqidagi g‘oyalar partiya faoliyatida metodologik yo‘nalish bo‘lib xizmat etgan. (Tadbikorlar va ishbilarmonlar harakati liberal-demokratik partiyasining 2019 yil 12 aprel` 01-27/299 sonli ma’lumotnomasi). Natija Tadbikorlar va ishbilarmonlar harakati liberal-demokratik partiyasi o‘z faoliyatini amalga oshirishda konseptual ahamiyat kasb etgan.
murakkablikning ontologik, gnoseologik va metodologik jihatlarihamda murakkablikni bilishda modellashtirish metodining konseptual xususiyatlariga oid ilmiy yangiliklaridan ma’anviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkillashtirishda konseptual-metodologik yondashuv bo‘iycha ilgari surilgan amaliy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “2018 yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘chimcha chora-tadbirlar dastur”ning, VII “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari” 51-bandi “Jamiyatdagi, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 29 may 02/09-646-19 sonli dalolatnomasi). Tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar, tahlil va talqinlardan targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.