Kurbonova Dilafruz Abdirashidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jahonning yirik muzeylarida O‘zbekistonga oid kolleksiyalarning shakllanishi va ularni komplektlash tamoyillari”, 17.00.06–Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1DSc/Tar 228.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc. 27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vahobovich, tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahonning yirik muzeylarida O‘zbekistonga oid kolleksiyalarning shakllanish jarayonlari, komplektlash tamoyillarini ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahonning yirik muzeylarida O‘zbekistonga oid kolleksiyalarning o‘rin olishining tarixiy aspektlari: etnografik dala tadqiqotlari, arxeologik ekspedisiyalar, kolleksionerlarning faoliyati natijasida shakllanib,  Vatan tarixining barcha davrlarini o‘zida aks ettiradigan yuksak moddiy-madaniy meros sifatida  namoyon bo‘layotganligi  ko‘rsatib berilgan;
O‘zbekistonga oid ashyolarning xorij muzeylari fondlariga tarqalishi  Toshkentda 7 marta o‘tkazilgan Umumrossiya va 10 marta jahon miqyosidagi badiiy ko‘rgazmalar, maqsadli tashkil etilgan ekspedisiyalar hamda sohaga ixlosmand xorijlik kolleksionerlar tomonidan amalga oshirilib, natijada noyob moddiy-madaniy yodgorliklar Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Eron, Turkiya kabi davlatlardagi muzey, kutubxonalar bilan birga shaxsiy kolleksiyalarni ham boyitishga xizmat qilganligi aniqlangan;
O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan nodir qo‘lyozmalar, noyob amaliy san’at namunalari, miniatyura asarlari, numizmatik ashyolar va tabarruk buyumlar  kabi tarixiy-madaniy yodgorliklar jahon muzeylarida islom san’ati moddiy va ma’naviy yutuqlarini aks ettirishda muhim manbaviy asos  bo‘lishi bilan birga mazkur eksponatlar milliy-an’anaviy merosdan umuminsoniy qadriyatlarga aylanganligi isbotlangan;
bugungi kunda dunyo muzeylari fondlarida O‘zbekistonga oid kolleksiyalar o‘zbek xalqi madaniy merosining ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning  «O‘rta Osiyo san’ati bo‘limi», «Islom san’ati bo‘limi», «Sharq san’ati bo‘limi» nomlari bilan komplektlashtirilganligi va  eksponatlarning bu nom ostida saqlanishi umumiy, chalkash mazmunni keltirib chiqarganligini hisobga olgan holda, bu fondlarni «O‘zbekistonga oid kolleksiya» deb atalishi maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridan madaniy merosni asrashga qaratilgan xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan bo‘lsa-da, o‘tgan yillar mobaynida sohaga oid qonunchilikda shaxsiy kolleksionerlik faoliyatini rivojlantirishga etarli darajada e’tibor qaratilmaganligi mamlakatdagi muzey fondlarini yanada boyitish ishlarini oqsashiga sabab bo‘layotganligi jahon tajribasi, kolleksionerlar bilan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalari orqali yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jahonning yirik muzeylarida O‘zbekistonga oid kolleksiyalarning shakllanishi va ularni komplektlash tamoyillariga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Jahonning yirik muzeylarida O‘zbekistonga oid kolleksiyalarning shakllanishi va ularni komplektlash tamoyillariga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
jahonning yirik muzeylarida etnografik,  madaniyatshunoslik tadqiqotlari, muzeyshunoslik ekspedisiyalari, kolleksionerlarning faoliyati natijasida O‘zbekistonga oid kolleksiyalarning o‘rin olishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan F1-FA-1-14646 «Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojlanishini o‘rganishning umumbashariy ahamiyati» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish agentligining 2017 yil 31 yanvardagi FTK-03-13/99 - son ma’lumotnomasi).  Tadqiqot  natijasida to‘plangan Rossiya, Evropa, Osiyo davlatlari muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan  qo‘lyozmalar, kolleksiyalar, eksponatlar va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar xususida yangicha tarixiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qilgan;
dunyo muzeylari fondlarida  O‘zbekistonga oid saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, noyob amaliy san’at namunalari, miniatyura asarlari, numizmatik ashyolar va tabarruk buyumlar  kabi tarixiy-madaniy yodgorliklarida shakllanishi bilan bog‘liq ilmiy natijalar Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan taqdimot, 2016 yil 25 mayda Fransiyadagi O‘zbekiston elchixonasida, 26 mayda esa Niderlandiyadagi Leyden universitetida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya hamda  fotoko‘rgazma jarayonida «Jahon xazinalaridagi temuriylarga oid javohirlar» mavzularini jihozlash va shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi tomonidan berilgan 2016 yil 25 maydagi va Niderlandiyadagi Leyden universitetining 2016 yil 27 maydagi ma’lumotnomalari). Bu esa xorijliklarga dunyo muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekistonga oid ashyolar to‘g‘risida ma’lumot berish, temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni birlamchi manbalar asosida chuqurroq yoritib berish, muzeylarda moddiy madaniy merosning shakllanishi millatlararo munosabatlarning sivilizatsion rivojlanish ko‘prigi sifatida tanishtirish imkonini bergan; 
jahon muzeylarida  «O‘rta Osiyo san’ati bo‘limi», «Islom san’ati bo‘limi»,   «Sharq san’ati bo‘limi» nomlari bilan komplektlashtirilgan  temuriylar davriga oid eksponatlarning fotosuratlari va mulyajlari O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Jahon xazinalaridagi temuriylarga oid javohirlar” nomli bo‘limini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil, 8 iyuldagi ma’lumotnomasi). Bu muzey fondini yangi ma’lumotlar va ashyolar bilan to‘ldirilish, yosh avlodni unutilayotgan tarix sahifalaridan boxabar etish va ajdodlar merosiga faxr-iftixor tuyg‘ularini yanada ortishida  muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish