Doniyorov Salim Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediakonvergensiya sharoitida gazetalar tahririyatlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari (O‘zbekiston misolida, 2010 yildan keyingi davr)”, 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil 251.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.30.08.2018.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nishonova Gulnora Usmonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi va nashrlarning amaliyotga samarali tatbiq etishga tayyorligi darajasini mediakonvergensiya sharoitida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediakonvergensiyaning tadrijiy taraqqiyotida G‘arb ko‘proq universallashuv va ijodiy xilma-xillikka, Sharq esa an’analar va urf-odatlarga tayanishi konkret misollarda ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
konvergent tahririyatlarning bugungi kunda shakllanish jarayonlari retrospektiv tahlil va identifikatsiya qilingan;
O‘zbekiston media muhitida konvergent tahririyatni samarali shakllantirish va rivojlantirishning asosiy modellari, uning tuzilmaviy xususiyatlari ishlab chiqilgan;
mediakonvergensiya sharoitida OAVning shakli, uslubi va mazmunini taqdim etishga doir asosiy talablar shakllantirilgan;
«yangi media» auditoriyasi uchun raqobatlasha oladigan «universal jurnalist»ga oid eng muhim professional tavsiya va talablar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mediakonvergensiya sharoitida gazetalar tahririyatlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
O‘zbekistonda konvergent tahririyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pravda Vostoka» gazetasi tahririyati tomonidan keng foydalanilgan (2019 yilning 18 yanvar sanasidagi 19-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan joriy etish dalolatnomasi). Natijada «yangi media» auditoriyasi uchun raqobatlasha oladigan «universal jurnalist» tayyorlash ishlarining yo‘lga qo‘yilishi hamda nashrning veb-sayti (http://pv.uz) to‘liq yangilanishiga xizmat qilgan;
konvergent OAV auditoriyasining axborot ehtiyojlari, nashrlar o‘quvchilari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati va Vazirlar Mahkamasining «Xalq so‘zi» va «Narodnoe slovo» gazetalari tahririyati tomonidan foydalanilgan (Xalq So‘zi gazetasi tahririyatining 2019 yil 5 apreldagi 92-son ma’lumotnomasi). Natijada gazetalar veb-saytlari (http://xs.uz va http://narodnoeslovo.uz) yangilanishiga va tahririyat jurnalistlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan;
konvergent tahririyatlarning shakllanish jarayonlari bo‘yicha tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati va Vazirlar Mahkamasining «Ovozi toҷik» gazetasi jurnalistlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish va nashr veb-saytini (http:// ovozitojik.uz) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Vazirlar mahkamasi Ovozi toҷik gazetasi tahririyatining 2017 yil 11 sentyabrdagi 85-son xati). Natijada xodimlarning texnik va kommunikativ vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Konvergensiya sharoitida ommaviy axborot vositalarining shakli, uslubi va mazmunini taqdim etishga doir asosiy talablarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01/414-1-son ma’lumotnomasi). Natijada institut tomonidan jurnalistlar faoliyatining ijodiy va texnik cheksizligini o‘rganish hamda ularning yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlarda ish yuritishda samaradorlikka erishishga doir ishlarning yo‘lga qo‘yishiliga xizmat qilgan.