Bazarbaeva Al`bina Mingalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz, o‘zbek va rus tillarida rang ifodalanishining kognitiv-semantik tuzilishi”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil310.
Ilmiy maslahatchi: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamdjanova Xazifa Islamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi rang ifodalovchi leksikaning qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqoti va uning kognitiv-diskursiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillari materiallari misolida rang ifodalovchi bazaviy leksikaning struktur-semantik, so‘z yasalish va stilistik tavsifi dalillangan;
o‘rganilayotgan tillarda mavjud parametrlar bo‘yicha, shuningdek, lingvomadaniy planda turli ijtimoiy-madaniy va ekstralingvistik omillar ta’sirida rang ifodalashdagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
solour (rang) konseptining to‘liq tavsifi uchun kognitiv-diskursiv usulini olib borish zarurati asoslangan;
kognitiv metonimiyaning ranglar ifodasini yaratish va tus beruvchi semantik hosila derivatlarni to‘liq izohlash, shuningdek, “birlashtirish”, “qurish” va “rivojlanish” mexanizmlari bilan yondosh okkazional nomlarni ifodalashda universal vosita ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, o‘zbek va rus tillarida rang ifodalanishining kognitiv-semantik tuzilishini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijalaridan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi ITD-1 amaliy loyihasida sinxron tarjima va badiiy adabiyot tarjimasi yo‘nalishlarida kasbiy kompetensiyani ta’minlash, rang ifodalovchi so‘zlarni tarjima qilish tamoyillarini o‘rgatish, malakali tarjima qilishni shakllantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 28.05.2019 yildagi 89-03-2278-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimonlar tayyorlashning innovatsion shakllar o‘tkazildi, xususan, “Rang ifodalanishini etnolingvistika predmeti sifatida shakllantirishning ilmiy asoslari” mavzusidagi seminar-treningni samarali o‘qitishni ta’minlashda ko‘maklashgan;
adekvat, muqobil variantlarni tanlash, ob’ekt mazmuniga mos keladigan muqobilni yaratish, ma’no va obrazlikning adekvat ob’ektini yaratish, rang ifodalanishidagi o‘xshashliklar A-1-180-raqamli “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalarini yaratish” nomli amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 maydagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda rang belgilarini o‘zbek tilida ifodalashda zamonaviy, ilmiy asoslangan bilim, qobiliyat va malakani shakllantirishga erishilgan;
rang ifodalovchilarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularning o‘ziga xosliklari, rang nomlarini ifodalash bo‘yicha xulosalar “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2019 yil 20 maydagi 03-16-664-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan materiallar teleko‘rsatuv mazmunini boyitishga, tomoshabin, xususan, o‘quvchilarda rang ifodalanishi haqida keng tushuncha va tasavvur hosil qilishda xizmat qilgan;
dissertatsiyadagi ikkinchi bobda §2.1. «Svetovaya leksika kak aspekt nauki o slovarnom zapase yazika», va §2.5. «Semanticheskie i strukturnie otlichitel`nie cherti svetovoy leksiki angliyskogo yazika» paragraflardan olingan tadqiqot xulosalari “Chet tillarini o‘rgatish multimediyali axborot texnologiyalari asosida o‘quv rejalari va materiallarni chop etish va loyixalashtirish” loyixasida 2018 yilning 13-14 avgust kunlari Buyuk Britaniyaning Norvichdagi til ta’limi institutida o‘tkazilgan “Oliy ta’lim sifatini ta’minlash, choralarini ishlab chiqish” deb nomlangan xalqaro seminarda foydalanildi (Buyuk Britaniyaning Norvichdagi til ta’limi institutining 2019 yil 15 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan “Lingvistikada ajratib ko‘rsatish muammosini o‘rganish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilgan.