Abduvaxabova Maxina Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz, ital`yan va o‘zbek fol`klor matnlarda genderning til vositalarida ifodalanishi”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil147.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor, Agzamova Dildora Baxadirjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz, ital`yan va o‘zbek fol`klor matnlarida lisoniy vositalar orqali ifodalangan genderlikning universal va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, ital`yan va o‘zbek fol`klor matnlarida xalq turmush tarzini namoyon qiluvchi voqeband universal hamda genderlikning etnologik milliy-madaniy motivlari dalillangan;
erkaklar va ayollar fol`klor matnlarida tilshunoslikning fonetika, pragmatika hamda stilistika kabi sohalariga mansub lisoniy vositalarning qo‘llanilishiga ko‘ra faollik darajasi farqlangan;
erkak va ayollar fol`klor matnlarida mavjud pantomimik, mimik, miremik va fonatsion noverbal kommunikativ vositalar aniqlangan;
erkak va ayol konseptosferasining struktur tadqiqi orqali ikkala jins matnlarining stilizatsiyasi va uslubi ishlab chiqilgan;
ingliz, ital`yan va o‘zbek fol`klor matnlarida yoritilgan G‘arb va Sharq xalqlari turmushida jinslar roli, funksiyalari prototiplar semantikasi, freym, geshtal`t va diskurs tahlillari orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, ital`yan va o‘zbek fol`klor matnlarida genderlikni ifodalovchi til vositalarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
genderlikning ontologik masalalari xususidagi nazariy hamda jinslar ijtimoiylashuvining shakllanishiga doir amaliy umumlashmalar, dissertatsiya tadqiqotining yakuniy ilmiy xulosalaridan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining ishlab chiqilishida hamda YuSAID tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 13/1861-19-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tegishli xulosa va tavsiyalar genderlikka oid qonun hujjatlarini loyihalashda asos bo‘lib xizmat qilgan;
fol`klor matnlarida azal-azaldan mavjud genderlik munosabatlari va ikkala jins vakillarining sotsiomadaniy funksiyalari ustidagi qiyosiy tahlillardan XT-F2-004-son “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi yosh olimlar fundamental loyihasida foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 89-03-1221-son ma’lumotnomasi). Natijada turli madaniyat fol`klor matnlarida genderlik munosabatlari ifodalangan motivlarni taqqoslash imkoniyati yaratilgan va o‘tmishda g‘arb/sharq madaniyatida ikkala jins vakillari turmush tarzi haqida tushuncha va tasavvurlar shakllantirilgan.
Uchala millat fol`klor matnlaridagi genderlik munosabatlari talqin etilgan misollardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazida 2015-2016 yillarda bajarilgan IOT-2015-1-22 raqamli “Xorijiy tillar bo‘yicha mul`timedia axborot texnologiyalar bazasini takomillashtirishga oid dastur va o‘quv-uslubiy materiallar yaratish va nashr etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 89-03-1221-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada mavjud ikkala jins kommunikativ hulq-atvorining tafovutlari “Tipologik tilshunoslik” mul`timedia kompleksining grammatik jins kategoriyasiga oid bandini yaratishda xizmat qilgan;
turli millat fol`klor matnlaridan Tamara Xonim uy-muzeyining xalq qo‘shiqlari jamlangan ekspozisiyasida foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 24 sentyabrdagi 01-12-10-4806-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada hozirgi zamon gender muammolari tahlil qilingan bandlari asosli faktik ma’lumot sifatida muzeyning nazariy ma’lumotlar bazasini boyitgan;
ingliz, ital`yan va o‘zbek lingvomadaniyatlardagi gender konseptlarining struktur tadqiqi hamda turli millat erkak, ayol roviylarining fol`kloristik og‘zaki va yozma nutq uslubining qiyosiy-tipologik tadqiqi haqidagi ilmiy natijalardan 2019 yil 30 martda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Inson, millat, til: taraqqiyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-nazariy seminarda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 25 sentyabrdagi 01-05-1609–son ma’lumotnomasi). Natijada, turli fol`klor matnlarida mavjud G‘arb va Sharq xalqlari madaniyati hamda turmush tarzi gender konseptlarining geshtal`t hamda freym tahlil orqali ochib berilgan;
gender va jins tushunchalari, xalq og‘zaki ijodining tuzilishi va mazmun-mundarijasiga oid nazariy fikrlardan “O‘zbekiston” telekanalida tayyorlanib efirga uzatilgan “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2019 yil 9 apreldagi 01-11-696-son ma’lumotnomasi). Natijada, “gender” tushunchasiga berilgan turli talqinlar hamda tilshunoslik tizimida uning tutgan o‘rnini belgilashga doir ma’lumotlar ushbu ko‘rsatuvning ssenariysini tayyorlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz, ital`yan va o‘zbek fol`klor matnlarida erkak va ayol jinsidagi shaxslarning hulq-atvor me’yorlari va marosim fol`klorida erkak/ ayol xarakteristikasi va kul`tlari haqidagi bandlardan “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2019 yil 7 maydagi O’zIR-S-90-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar turli madaniyatlarda fol`klor matnlari misolida erkak va ayollarning o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy rollari haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar.