Jumaev Rustam G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ilmiy-nazariy tahlili (Ahmad Donishning siyosiy qarashlari misolida)», 23.00.01–Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ss20.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Polvanov Ne’matjon To‘raevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro amirligida XIX asrning ikkinchi yarmida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni Ahmad Donishning siyosiy qarashlari va g‘oyalari asosida bugungi kun nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr ikkinchi yarmida Buxoro amirligida mustamlaka sharoitida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar siyosiy institusional tizim va boshqaruv mexanizmlari (davlat hokimiyati, qonunchilik tizimi, boshqaruv idoralari, huquqiy me’yorlar, hokimiyat tuzilmalari, siyosiy rejim) ochib berilgan; 
Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida ildiz otgan salbiy (tamagirlik, mansabni suiiste’mol qilish, kadrlar qo‘nimsizligi, urug‘-aymoqchilik, tabaqaviy, toifaviy va diniy ziddiyatlar kabi) omillarni bartaraf etish borasida mutafakkir tomonidan ilgari surilgan ya’ni lavozimga qo‘yishda nasl-nasabiga, tajribasiga, obro‘-e’tiboriga ayniqsa, saylanishi lozimligiga oid g‘oyalari ilmiy jihatdan asoslangan;
Ahmad Donishning jamiyatni boshqaruv haqidagi konsepsiyalari  (siyosat, adolatli hukmdor, davlat va jamiyatni idora qilish, mudofaa tizimi hamda tashqi siyosat) mohiyatidan kelib chiqib mutafakkirning siyosiy fenomin ekanligi ochib berilgan;
mutafakkirning davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va rivojlantirishga oid (tenglik, legitimlik, parlamentarizm, saylov, ijtimoiy himoya, hamjihatlik kabilar to‘g‘risidagi) qarashlarining bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va jamiyatni demokratlashtirishga doir islohotlar bilan hamohang ekanligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ilmiy-nazariy tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
XIX asr ikkinchi yarmida Buxoro amirligida mustamlaka sharoitida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar siyosiy institusional tizim va boshqaruv mexanizmlari (davlat hokimiyati, qonunchilik tizimi, boshqaruv idoralari, huquqiy me’yorlar, hokimiyat tuzilmalari, siyosiy rejim) ilmiy nazariy asoslarda tadqiq etilgan xulosalardan hamda Ahmad Donishning siyosiy qarashlari bilan bog‘liq ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat ta’limi yo‘nalishlarida o‘qitilayotgan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Fuqarolik jamiyati”, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “O‘zbekistonda siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi” va “Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi” kabi fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 89-03-4482-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot ishi natijalari mazkur fanlarni o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan; 
Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida ildiz otgan salbiy (tamagirlik, mansabni suiiste’mol qilish, kadrlar qo‘nimsizligi, urug‘-aymoqchilik, tabaqaviy, toifaviy va diniy ziddiyatlar kabi) omillarni bartaraf etish borasida mutafakkir tomonidan ilgari surilgan ya’ni lavozimga qo‘yishda nasl-nasabiga, tajribasiga, obro‘-e’tiboriga ayniqsa, saylanishi lozimligiga oid g‘oya va qarashlar tizimiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyati samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2018 yil 27 dekabrdagi 01-801-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida Ahmad Donishning inson huquqlari, adolatli davlat boshqaruvi va jamiyatni idora qilishdagi islohotchilik g‘oyalari, milliy mentalitetni saqlash, xususan, mustaqillikni qadrlash tafakkurini boyitishda o‘tmishdagi mutafakkirlarning ilmiy merosini o‘rganish, ma’naviy yuksalish va yosh avlod tarbiyasi, shuningdek, o‘tmishdan zamonaviy jamiyatga meros bo‘lib o‘tgan ijobiy jihatlarni hamda hozirgi jamiyatni rivojlantirish yuzasidan va kelajakda amalga oshiriladigan jarayonlar uchun dasturlar ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan;
Ahmad Donishning jamiyatni boshqaruv haqidagi  konsepsiyalari  (siyosat, adolatli hukmdor, davlat va jamiyatni idora qilish, mudofaa tizimi hamda tashqi siyosat) mohiyatidan kelib chiqib mutafakkirning siyosiy fenomin ekanligiga doir xulosalar hamda Ahmad Donish shaxsiyatiga xos qirralar, qo‘lyozma asarlari va ulardagi qimmatli ma’lumotlar Buxoro Davlat badiiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 10 yanvardagi 01-12-10-127-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalardan Buxoro davlat badiiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasining istiqbolli ish rejasi hamda ilmiy loyihalari bajarilishida, turli seminarlar, targ‘ibot materiallari, debat va davra suhbatlarida foydalanilgan hamda ko‘rgazmalarda amaliyotga tatbiq etilgan hujjatlar fondi boyitilishiga hissa qo‘shgan;
mutafakkirning davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va rivojlantirishga oid (tenglik, legitimlik, parlamentarizm, saylov, ijtimoiy himoya, hamjihatlik kabilar to‘g‘risidagi) qarashlarining bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va jamiyatni demokratlashtirishga doir islohotlar bilan hamohang ekanligi doir qarashlari va siyosiy-ma’naviy merosi, yosh avlodda fan va madaniyatga e’tibor tuyg‘ularini tarbiyalashiga qaratilgan g‘oyalari, harbiy sohada islohotlarni amalga oshirish, tashqi siyosat masalalari, fuqarolik jamiyatini barpo etish, parlament boshqaruvi haqidagi tavsiya va takliflari bo‘yicha Buxoro telekanalining “Menga so‘z bering”, “Munosabat”, “Assalom, Buxoro” hamda “Payomi ro‘z” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 24 yanvardagi № 02-15/256-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, shuningdek, ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish