Baxodirova Gulnoz Kamalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishda innovatsion yondoshuvlar (bilim va ta’limning pedagogik sohalari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped750.
Ilmiy rahbar: Kodirov Mumin, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Kibriya Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent;  Yuzlikaev Farid Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishga doir innovatsion yondashuvlarning nazariy jihatlarini aniqlashtirish hamda amaliy tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish pedagogik-psixologik xususiyatlari (bilish motivlari, bilishga ehtiyoj, individual sifatlar) motivatsion-qadriyatli (munosabat, ratsional usullarni o‘zlashtirish), kognitiv (bilish algoritmi va strategiyasi), operatsion-faoliyatli (bilish vositalari), refleksiv-baholovchi (shaxsiy bilish faoliyatini baholashga tayyorlik)  komponentlarni birlashtirish orqali namoyon bo‘lishi tajribada asoslangan;
faoliyatga, shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli va kompetensiyaviy yondashuvlarning didaktik imkoniyatlarini modellashtirish orqali bilish faoliyatini shakllantirishning motivatsion-baholovchi, kognitiv, tashkiliy-faoliyatli, refleksiv-baholovchi mezonlarini reproduktiv, produktiv va ijodiy ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqasini korrelyasion baholash asosida aniqlashtirilgan;
 talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish modelining amaliy komponenti kognitiv (muammoli suhbat), assotsiativ (ilmiy-o‘quv matnlar bilan ishlash), avtonom (bilish strategiyalar) bilish darajalarini grafik organayzerlar (produktiv refleksiya, o‘quv elementlari graf mantig‘i, metareja, tayanch konspekt, freym) ko‘rinishida tasvirlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishning muammoli, evristik texnologiyalari bilishga qiziqishning ekstensiv, kompensatorli, kommunikativ funksiyalarini nostandart fikrlashni rivojlantirishning tajribaviy ta’lim bosqichini modullashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish pedagogik-psixologik xususiyatlari, motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli, refleksiv-baholovchi komponentlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 110000–Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3941-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish bo‘yicha kompetensiyalar tizimini loyihalash samaradorligini oshirishga erishilgan;  
faoliyatga, shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli va kompetensiyaviy yondashuvlarning didaktik imkoniyatlarini loyihalash, bilish faoliyatini shakllantirishning motivatsion-baholovchi, kognitiv, tashkiliy-faoliyatli, refleksiv-baholovchi mezonlari, reproduktiv, produktiv va ijodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish modelining amaliy komponentini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekistondagi Jahon bankining AIF (Akademik innovatsiyalar fondi)  2/13  “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” (2019– 2020 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3941-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning talabalarning mustaqil bilish faoliyatini rivojlantirish kompetentligini prognostik baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishning muammoli, evristik texnologiyalari bilishga qiziqishning ekstensiv, kompensatorli, kommunikativ funksiyalarini nostandart fikrlashni rivojlantirishning tajribaviy ta’lim bosqichi bilan intensifikatsiyasini modullashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan ITD-1-45 raqamli  “Pedagogik texnologiyani milliy model asosida o‘quv mashg‘ulotlari loyihasini tuzish va amaliyotda qo‘llash” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3941-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishning lokal-modulli texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish