Popov Dmitriy Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikkinchi janubiy slavyan ta’siri va XVI asr epistolyar janrining shakllanish masalalari (leksik-grammatik va stilistik jihatlari)”, 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil427.
Ilmiy rahbar: Sheremet`eva Anna Gennad`evna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Esanov O‘ktam Djabbarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkinchi janubiy slavyan ta’siri davriga oid kontekstlarda shakllangan epistolyar janri lisoniy vositalar tizimining tarixiy shakllanish qonuniyatlarini (Ivan Grozniyning maktublari misolida) ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ivan Grozniy epistolyar merosining XVI asr qadimgi rus adabiyoti epistolyar janri taraqqiyoti va ikkinchi janubiy slavyan ta’siri bilan o‘zaro aloqadorligi isbotlangan;
ikkinchi janubiy slavyan ta’sirining, xususan, Ivan Grozniy epistolyar merosida o‘z ifodasini topgan til strukturasining barcha sathlarida arxaiklanishi, ekspressiv sintaktik elementlari va “so‘zlar to‘qilmasi” (“pletenie sloves”) uslubidan foydalanishi kabi asosiy konstitutiv belgilari aniqlangan;
Ivan Grozniy maktublarining leksik-grammatik belgilari majmui ularning ikkinchi janubiy slavyan ta’siri fenomeni (ko‘p komponentli murakkab so‘zlar, mavhum leksika, aorist va imperfektning fe’l shakllari, otlarning ikkilangan soni va boshqalar) bilan chambarchas bog‘liqligi aniqlangan;
Ivan Grozniy maktublarining sintaktik o‘ziga xosliklari, xususan, ritorik savollar va his-hayajon gaplar, undalmalar, kirish so‘z va kiritma konstruksiyalar va boshqalar bilan bog‘liqlikda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkinchi janubiy slavyan ta’siri muammolari va XVI asrning epistolyar janrining shakllanish masalalari yuzasidan olingan natijalar asosida:
ekspressiv sintaktik konstruksiyalar tahlili bilan bog‘liq ilmiy xulosalar ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining amaliy muammolarini amalga oshirish dasturini ishlab chiqish” amaliy tadqiqotlar grant loyihasi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 89-03-2338-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliy tatbig‘i lisoniy faktlarning o‘ziga xosliklarini yoritish, ularning o‘ziga xos tuzilishini aniqlashda, xususan,  sintaktik birliklarning hissiy-ifodali sathlarini ochib berish uchun  xizmat qilgan;
XVI asr epistolyar janri rivojlanishining asosiy davrlari tahlili; Ivan Grozniy epistolyar merosining XVI asr epistolyar janri taraqqiyoti va ikkinchi janubiy slavyan ta’siri bilan o‘zaro aloqadorligi; Ivan Grozniyning epistolyar merosida o‘z aksini topgan ikkinchi janubiy slavyan ta’sirining konstitutiv belgilari; Ivan Grozniy maktublaridagi mavjud leksik-grammatik belgilar majmuining ikkinchi janubiy slavyan ta’siri fenomeni bilan bog‘liqligi borasidagi xulosalar A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-metodik modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari” loyihasi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 yanvardagi 89-03-19-son ma’lumotnomasi). Natijada ikkinchi janubiy slavyan ta’sirining epistolyar janrining shakllanishida tutgan muhim roliga nisbatan yangi nuqtai nazarning shakllanishi uchun mustahkam poydevor yaratgan, uning natijalari lingvistikani “so‘zlar to‘qilmasi” (“pletenie sloves”) uslubining mavqei va asosiy lingvistik belgilari haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar bilan boyitgan;
Ivan Grozniy maktublarining nutqiy-pragmatik jihati va “so‘zlar to‘qilmasi” (“pletenie sloves”) uslubining ekspressiv sintaktik elementlari o‘zaro nisbatligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar OT-A1-118 raqamli “O‘zbekiston Respublikasining ko‘p madaniyatli ta’limiy muhitida ta’lim sifatining samaradorligini oshirish metodologiyasini ishlab chiqish  va tatbiq etish” loyihasi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 5 yanvardagi 89-03-19-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ilmiy natijalari “so‘zlar to‘qilmasi” (“pletenie sloves”) uslubidagi publisistik matnlar va  ekspressiv sintaktik elementlari nutqiy-pragmatik tomonlarning o‘zaro munosabatdorligini o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
Ivan Grozniy maktublarining leksik-grammatik belgilari majmui ularning ikkinchi janubiy slavyan ta’siri fenomeni (ko‘p komponentli murakkab so‘zlar, mavhum leksika, aorist va imperfektning fe’l shakllari, otlarning ikkilangan soni va boshqalar) bilan chambarchas bog‘liqligi bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Rus madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi va Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan Rus tili festivalida “Ikkinchi janubiy slavyan ta’siri Rus` – Rossiyaning tarixi va madaniyatida” ilmiy seminar natijalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniy markazining 2019 yil 7 sentyabrdagi 02-172-son ma’lumotnomasi). Natijada Ivan Grozniy maktublarida mavjud leksik-grammatik belgilari majmuini aniqlashda ikkinchi janubiy slavyan ta’sirining roliga nisbatan yangicha nuqtai nazarning shakllanishi uchun mustahkam poydevor yaratgan, seminar ishtirokchilarining rus tili tarixiga oid ilmiy-amaliy bilimlarining oshishiga xizmat qilgan;
epistolyar janrning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq ilmiy xulosalar, shu bilan bir qatorda XVI asrga oid publisistik asarlarni o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari Andijon viloyati teleradiokompaniyasida “Munosabat”, “Nigoh” teleko‘rsatuvlari hamda “Interv`yu” radioeshittirishi uchun ssenariylar materiallarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 21 iyun` 20-21-31-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar mazmunining yangi ma’lumotlar bilan boyitilishi, muxlislar auditoriyasining mavzu bo‘yicha yangi taassurotlarga ega bo‘lishlari hamda ularda lisoniy madaniyat tolerantligi tuyg‘usini tarbiyalash kabilarga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish