Toshpulatov Ikboljon Adiljonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt607.
Ilmiy rahbar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshanjon Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimi ishlab chiqarishning zamonaviy texnik-texnologik tarkibini shakllantirishni ta’minlovchi innovatsion loyihalar bo‘limini tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish darajasini baholash usuli menejment samaradorligi, mahsulot sifati, sotish hajmi, narx darajasi va bozor ulushi bilan bog‘liq omillarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi raqobatbardoshlikni boshqarish darajasini integral baholash, raqobatda ustunlik strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni monitoring qilish jarayonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish strategiyasi mahsulot tannarxining optimal tarkibiy tuzilmasini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimini ishlab chiqarishning zamonaviy texnik-texnologik tarkibini shakllantirishni ta’minlovchi innovatsion loyihalar bo‘limini tashkil etish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Dream day textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 2 maydagi 04/06-2679-son ma’lumotnomasi). Natijada «Dream day textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatining mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 7,5 foizga oshirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish darajasini baholash usulini menejment samaradorligi, mahsulot sifati, sotish hajmi, narx darajasi va bozor ulushi bilan bog‘liq omillarni integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Quvatekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining raqobatbardoshligini boshqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 2 maydagi 04/06-2679-son ma’lumotnomasi). Natijada «Quvatekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining bozor ulushini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 2,3 foizga oshirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmini raqobatbardoshlikni boshqarish darajasini integral baholash, raqobatda ustunlik strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni monitoring qilish jarayonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Quvatekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining raqobatbardoshligini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 2 maydagi 04/06-2679-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni «Quvatekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining raqobatbardoshligini boshqarish amaliyotiga joriy etilishi natijasida korxonaning raqobatbardoshligini boshqarish samaradorligini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 1,03 barobarga oshirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish strategiyasini mahsulot tannarxining optimal tarkibiy tuzilmasini belgilash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Fergana-Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 2 maydagi 04/06-2679-son ma’lumotnomasi). Natijada «Fergana-Oseana» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasining sof foydasini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 13,5 foizga oshirishga erishilgan.