Sharipov Farxod G‘oyibovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tashqi savdoni tartibga solishda soliq siyosatini takomillashtirish”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Iqt131.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuhrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudayqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksport-import operatsiyalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlarni ichki bozorga import qilinayotganda bojxona yig‘imlarining foizda undirilishi tartibi takomillashtirilib, bojxona yig‘imlarini ko‘rsatilayotgan xizmatidan undirilish  taklif etilgan;
tashqi savdo operatsiyalarini rivojlantirishda aksiz solig‘ini va import tovarlardan olinadigan aksiz solig‘ini tovar pozisiyalarini bir xillashtirish taklif etilgan;
iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishda olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini kamaytirish taklif etilgan;
sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozlarni maqbullashtirish ya’ni, uzoq muddatga berilishini, ularning davomiyligini ko‘rib chiqish taklif etilgan;
tashqi savdoni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish asosida bojxona tariflarining o‘rtacha arifmetik stavkalarini takomillashtirish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tashqi savdoni tartibga solishda soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tovarlarni respublika ichki bozoriga import qilinayotganda undiriladigan bojxona yig‘imlari foizda undirilishini takomillashtirish, ya’ni foizdan emas balki ko‘rsatilayotgan xizmatidan undirilish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 iyuldagi 22/1-393-sonli topshirig‘iga asosan tasdiqlangan “Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning 10-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019 yil 8 maydagi 03-25-2-3647-son ma’lumotnomasi).  Natijada bojxona yig‘imlarini ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilish va foizda undirilish mexanizmi hozirgi jahon savdo tashkiloti talablariga mos bo‘lishi ta’minlangan hamda bojxona yig‘imlarini ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilishi va foizda undirilish mexanizmi xozirgi jahon savdo tashkiloti talablariga mos bo‘lishi ta’minlangan;
mamlakatimizda tashqi savdo operatsiyalarini yanada rivojlantirish va Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun qo‘yilgan shartlarni o‘rganish asosida aksiz solig‘ini va import tovarlaridan olinadigan aksiz solg‘ini tovar pozisiyalarini bir xillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 iyuldagi 22/1-393-sonli topshirig‘iga asosan tasdiqlangan “Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi”ning 6-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019 yil 8 maydagi 03-25-2-3647-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, aksiz solig‘i va import tovarlaridan olinadigan aksiz solig‘ining tovar pozisiyalari soni bo‘yicha yaqinlashtirish va bu orqali Jahon savdo tashkiloti tomonidan qo‘yiladigan talablarni bajarish imkoniyati yaratilgan;
malakatimiz iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish maqsadida olib kiritilayotgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi PQ-4086-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametlari hamda 2020¬-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi 2019 yil 8 maydagi 03-25-2-3647-son ma’lumotnomasi). Natijada import tovarlarni ichki bozorda sotish narxlarini pasaytirishga erishilgan;
respublikamizda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozlarni maqbullashtirish, ya’ni uzoq muddatga berilishini, ularni davomiyligini ko‘rib chiqish taklifi 2019 yilgi davlat byudjeti parametralarini ishlab chiqish jarayonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 31 maydagi DS/04-32/2947-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat byudjeti daromadlariga qo‘shimcha 22924,81 mlrd. so‘m mablag‘ jalb etilib, bundan tashqari  ishlab chiqilgan tegishli xujjat bo‘yicha qariyb 8 trln. so‘mlik imtiyoz summasi bekor qilinadi, 50 dan ortiq tovarlar pozisiyasi bo‘yicha respublika ichki bozordagi raqobat muhiti tenglashgan;
tashqi savdoni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, respublikani Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishiga zamin yaratish maqsadida bojxona tariflari stavkalarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 31 maydagi DS/04-32/2947-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona bojlarining (jami 11295 ta pozisiya) o‘rtacha arifmetik stavkasi 6,45% dan 5,59% gacha, import tovarlari uchun belgilangan “0” foizli aksiz solig‘i stavkalari 10462 ta pozisiyadan 10401 ta pozisiyagacha kamaytirilgan. Aksincha 10 foizli aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar guruhi soni 56 taga oshib, 104 tani tashkil qilgan, kombinatsiyalashgan stavkada soliqqa tortiladigan tovarlar guruhi esa 6 taga ko‘payib 80 taga etgan. Natijada 2019 yilda davlat byudjetiga 300 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ kelib tushishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish