Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Er osti suv olish inshootlarini shakllantirish va ekspluatatsiyasi jarayonlarini qat’iymas-deterministik modellashtirish tizimi», 05.01.04 – «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T167.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usmanov Rishat Niyazbekovich texnika fanlari doktori.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xabibullaev Ibroxim Xabibullaevich texnika fanlari doktori, professor; Jmud` Vadim Arkad`evich texnika fanlari doktori, Ravshanov Normaxmad texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yoki ikki qatlamlier osti suv olish inshootlarining mavsumiy-hududiy xususiyatlari asosida shakllanish va ekspluatatsiya jarayonlarini qat’iymas-deterministik modellashtirish algoritmlari, usullari va kompyuterlashtirilgan tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti suv olish inshootlarini hududiy-hajmiy shakllanish, ekspluatatsiyasi va mavsumiy qayta tiklanishi, fil`tratsiya jarayonlarini qat’iymas-deterministik modellashtirishning algoritm va dasturiy vositalar kompleksi ishlab chiqilgan;
er osti suv olish inshootlari va ularning qat’iymas-deterministik modellari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni interfaol tarzda amalga oshirishga imkon beruvchi axborot identifikatsiya va axborot texnologik modellari ishlab chiqilgan;
er osti suv olish inshootlarining qat’iymas-deterministik modellashtirish va echimlar qabul qilish jarayonlari axborot integratsiyasini simsiz sensor to‘rlari asosida kompyuterlashtirilgan tizim tuzilmasi ishlab chiqilgan;
bir va ikki qatlamli er osti suvli qatlamlari sharoitida kuchli sho‘rlangan er osti suvlari tarkibini yuqori darajada minerallash texnologiyasiga asoslangan chuchuklashtirish jarayonlarining qat’iymas-deterministik model, algoritm va dasturiy vositalari ishlab chiqilgan;
geofil`trlash jarayonlarni qat’iymas-deterministik modellarini ishlab chiqish jarayonlarini parallellashtirish tamoyil, algoritm va dasturiy vositalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Simsiz sensor to‘rlaridan foydalangan holda EOSOIlarining neyro-qat’iymas va qat’iymas-deterministik modellarini yaratish texnologiyasi va monitoringning kompyuterlashtirilgan tizimi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi korxonalarida, jumladan, «Orol bo‘yi gidrogeologiya ekspedisiyasi», «G‘arbiy O‘zbekiston gidrogeologiya ekspedisiyasi» Davlat korxonalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2015 yil 14 iyuldagi 08-1266-son, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 1 apreldagi 02-8/1849-son ma’lumotnomalari). Ilmiy-tadqiqot natijalari er osti suvli qatlamga doir geofil`tratsiya, ekologik, geologik va gidrogeologik ma’lumotlarni tizimlashtirish, kuzatish va ekspluatatsiya quduqlarini optimal joylashtirish sxemalarini aniqlash va kuzatishga bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonini 1,7-2,5 marotabaga qisqartirish, ekspluatatsiya quduqlari sonini 15-20 foizga kamaytirish va er osti suv zahiralaridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.