Nurgaliev Il`nar Nakipovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xitozan va uning hosilalarining «tuzilishi-xossa»sini kompyuter modellashtirish», 01.04.06–Polimerlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/FM31.
Ilmiy maslahatchi: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.27.06.2017.FM/K/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Xoxlov Aleksey Removich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi; Matrasulov Davron Urunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Adilova Fatima Tuychievna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xitin, xitozan va uning hosilalarining elektron xossalarini molekulyar modellashtirish va ularning reaksion qobiliyati bilan tuzilishi orasida o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kimyoviy reaksiyalarning vibron nazariyasi doirasida (quyi erkin molekulyar orbital (QBMO), yuqori band molekulyar orbital (YuBMO)) polimerlarning funksional guruhlarining reaksion qobiliyati elektron spektrdagi tirqish kattaligiga bog‘liqligi konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor yarim emperik usulda uzunligi va deatsetillanish darajasi turlicha bo‘lgan xitozan zanjirlari uchun elektron xarakteristikalar (YuBMO va QBMO orbitallar) hisoblangan va xitozan zanjiridagi zvenolar soniga bog‘liq holda energiyalar farqining o‘zgarishi monoton bo‘lmagan xarakterga ega ekanligi ko‘rsatilgan, bu zanjirdagi monomer zvenolar sonining ortishi elektron tuzilishga ta’siri va mos ravishda elektron o‘tishning osonligi natijasida reaksion qobiliyatining o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor xitin, xitozan va karboksimetilxitozanning agregatsiyalangan zarralarning shakli va o‘lchami, hosil bo‘lish tezligi, polisaxaridlarning tuzilish xarakteristikalari xitozandagi protonlangan aminoguruhlar miqdori, deatsetillanish darajasi, karboksimetilxitozan zanjiri uzunligi va almashinish darajasi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
ilk bor xitozanning askorbin kislotasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi bo‘yicha molekulyar-dinamik va kvant-kimyoviy tadqiqotlar natijasida termodinamika va kvant kimyosi nuqtai nazaridan xitozan-askorbin kislotasining turli xil o‘zaro ta’sirlashuvi mavjudligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xitin, xitozan va uning hosilalarining elektron xossalarini molekulyar modellashtirish va ularning reaksion qobiliyati bilan tuzilishi orasida bog‘liqligini aniqlash asosida:
polimer tizimlarning xossalarini kvant-kimyoviy modellashtirishning nazariy asoslari va kompyuter modellashtirish usuli bo‘yicha olingan natijalar 19-03-00348 raqamli «Zakonomernosti formirovaniya kompozitnix xitozanovix geley s metallicheskimi nanochastisami v rastvorax ugol`noy kisloti pod visokim davleniem» Rossiya ilmiy fondi grantida xitozan gellarida metall nanozarrachalarining shakllanish qonuniyatlarini yaratishda foydalanilgan (Moskva davlat universitetining 2019 yil 26 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishini xitozan bilan metall nanozarrachalar orasidagi ta’sirlashuvning modelini va qonuniyatlarini yaratish imkonini bergan;
xitozan-erituvchi, xitozan-xitozan ta’sirlashuvi, xitozanning amin guruhlari protonlanishidagi bog‘lovchi molekulyar orbitallar (QBMO) va ajratuvchi molekulyar orbitallar (YuBMO) farqlarining kompyuter modellashtirish usuli 02.A03.21.0006 raqamli «Radiatsionnaya fizika funksional`nix materialov» Rossiya ilmiy fondi grantida xitozanning adsorbsion hossalarini tahlil qilishda foydalanilgan (Ural Fizika-texnologiya Federal universitetining 2019 yil 10 iyundagi 33.05-32/36-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi protonlangan aminoguruh tutgan xitozan zanjirlarning elektron xarakteristikalarini o‘rganish qonuniyatini aniqlash va uglerod nanotrubkalarning adsorbsiyasi ta’sirini o‘rganish imkonini bergan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ishlab chiqilgan kompyuter modellashtirish VA-FA-F-6-010 raqamli «Tabiy birikmalardagi geteroatomlar: molekulyar o‘zaro ta’sir, reseptorlarni tanib olish, farmakoforlar» ilmiy loyihasida binar eritmalarda barqaror geteromolekulyar tuzilmalarning optik xususiyatlarini aniqlashda foydalanigan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 iyuldagi 4/1255-2039-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tabiiy birikmalarda donor-akseptor xarakteristikalariga geteroatom ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
polimer tizimlarining xossalarini kvant-kimyoviy modellashtirish F-7-52 raqamli «Ko‘p komponentli polimer va polimer-silikat nanogibrid tizimlarining termodinamik xususiyatlari» va A-12-57 raqamli «Nanodispers kremniy ishlab chiqishning zol-gel texnologiyasi» loyihalarda polimer-nanodispers kremnezem tizimlardagi mexanizmlarni nazariy asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 iyuldagi 89-03-2840-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi polimer-kremnezem tizimida molekulalararo ta’sirlashuvini aniqlash va nanodispers kremnezemning elektron xarakteristikalarini baholash imkonini bergan.