Sattiev Abdulaziz Rasuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Palladiy, oltingugurt va ruh bilan legirlangan kremniydagi kiritma-nuqson holatlarining shakllanishida radiatsion stimullashgan jarayonlar», 01.04.07– Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/FM295.
Ilmiy rahbar: Zaynabidinov Sirajidin, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Yadro fizikasi instituti, Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Ashurov Muxsindjan Xuramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Aripov Xayrulla Kabulovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremniydagi kiritma-nuqson holatlarini o‘zgartirishning radiatsiyaviy rag‘batlantirilgan jarayonlarini legirlovchi kiritma turiga bog‘liq ravishda o‘rganish va ularning xossalarini termoradiatsiyaviy takomillashtirish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kremniyni oltingugurt va rodiy kiritmalari bilan legirlashning dastlab kiritilgan fosfor va palladiy izotoplarini yadroviy transmutatsiya qilishga asoslangan ikki bosqichli usuli taklif qilinib, amalga oshirilgan va yadroviy transmutatsiyalangan legirlangan kremniyda oltingugurt, palladiy va rodiy markazlari hosil qilgan chuqur energetik sathlar identifikatsiyalangan;
kremniyda palladiy kiritmasi [Pd–V] vakansiya-kiritma birikmali hamda kiritmaning vodorod bilan kimyoviy bog‘lanishi birikmasi [Pd–N] ko‘rinishidagi kichik o‘lchamli nuqsonlarni shakllantirishi bilan birga Es–0,18 eV, Ev+0,34 eV va Ev+0,32 eV energetik sathlarni hosil qilishi, ruh bilan legirlangan r-tipli kremniydagi ruh kiritmasi esa radiatsiya ta’sirida quyosh elementlari fotoelektrik xarakteristikalari barqarorligining oshishiga va ularning infraqizil sohada spektral sezgirligi ortishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor legirlangan monokristall kremniyda vujudga keladigan mis-kislorod nanokristallitlari uch xil holatda: matrisa panjarasining tugunlari orasida alohida atomlar holida, Cu2O va CuO nanokristallitlari tarkibida bo‘lishi aniqlangan;
monokristallarda nuqson holatlari hosil bo‘lish kinetikasini tavsiflovchi differensial tenglamalar sistemasining kvazistatsionar echimi, ularning hajmida turli kiritmalar mavjudligini hisobga olgan holda olingan va yarim o‘tkazgichlarda vakansiyaning kiritma atomlari bilan radiatsiya ta’sirida rekombinatsiyasi tufayli shakllanadigan strukturaviy nuqsonlar holatlarining modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Palladiy, oltingugurt va rux bilan legirlangan monokristallik kremniyni va undagi kiritma-nuqson markazlarining radiatsiya ta’siridagi transformatsiyalanish jarayonlarini aniqlash asosida:
kremniyda ruh miqdorining ortishi bilan quyosh elementlarining fotoelektrik xarakteristikalari barqarorligi ortib borishining aniqlangan qonuniyati «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida n-tip o‘tkazuvchanlikka ega kremniy asosida diffuzion diodlar ishlab chiqarishda foydalanilgan («UZELTEXSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 13 iyundagi 04-4/694-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi diffuzion diodlar fotoelektrik xarakteristikalari barqarorligini ta’minlash imkonini bergan;
kremniyli p+-n-n+ strukturalarda «Elektronika U-003» chiziqli elektron tezlatgichni qo‘llab rekombinatsiya markazlarini hosil qilishga doir radiatsiya bilan boshqarish texnologiyasi va topilgan diffuzion diodlardagi hosil qilingan p+ qatlam qalinligiga kiritilayotgan radiatsion nuqsonlar konsentratsiyasining bog‘liqligi effekti «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida impul`s diodlar tezkorligini oshirish uchun qo‘llanilgan («UZELTEXSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 13 iyundagi 04-4/694-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kremniyli p+-n-n+ strukturalarda radiatsion ishlov berish yo‘li bilan rekombinatsiya markazlarini shakllantirishning boshqariladigan texnologiyasini yaratish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgich monokristallarda radiatsiya ta’sirida nuqsonli holatlar hosil bo‘lish kinetikasini kristallar hajmida vakansiyalar va ularning kiritma atomlar bilan rekombinatsiyasi ishtirokidagi termoradiatsion stimullangan turli nuqsonlar hosil bo‘lish mexanizmi va bu nuqson mavjud bo‘lishini hisobga olgan holda tavsiflovchi differensial tenglamalar sistemasining olingan kvazistatsionar echimi AZ-FA-F003 raqamli «Kompensirlangan kremniydan tayyorlangan datchik asosida omborlarda temperatura va namlikni masofadan nazorat qilish qurilmasini ishlab chiqish» (2015–2017 yy.) amaliy loyihasida i-tipli kompensirlangan kremniyni atom reaktorida nurlantirish yo‘li bilan olishning texnologik rejimlarini ishlab chiqishda va olingan kristall asosida haroratni masofadan nazorat qiluvchi qurilmalar uchun kremniyli termodatchik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 14 iyundagi 2/1255-1712-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi temperatura va namlikni nazorat qilish uchun kremniy datchiklari laboratoriya namunalarini ishlab chiqish va tayyorlash imkonini bergan.