Rozimova Qunduz Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir necha jinoyat va bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu28.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori; Palvanov Marat Beyimbetovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sudning jazo tayinlash vaqtida dastlabki qamoqning har bir kunini ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirib hisoblashi lozimligi asoslantirilgan;
ayollarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan ozodlikdan mahrum etish muddati Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi asoslantirilgan;
Jinoyat kodeksi 60-moddasining 5-qismiga ko‘ra, uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganida, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning eng ko‘p bo‘lgan miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun Jinoyat kodeksi 59-moddasi tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
agar jinoyatlar majmui yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning biri uchun yoki hukmlarning birida asosiy jazo sifatida, boshqa jinoyat uchun yoki hukmda qo‘shimcha jazo sifatida tayinlangan bo‘lsa, ular asosiy jazo uchun belgilangan muddat doirasida to‘liq yoki qisman qo‘shilishi lozim. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo asosiy jazo hisoblanadi va ayblovning har bir moddasi yoki hukmlarning har biri bilan mahrum qilingan huquqlarning barcha turlari nazarda tutilishi lozimligi asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
sud jazo tayinlash vaqtida dastlabki qamoqning har bir kunini ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirib hisoblash to‘g‘risida to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi»dagi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2016 yil 7 iyundagi 06/20/289-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi sud amaliyotida jazolarni hisoblashning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
ayollarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati JK Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat kodeksining 50-moddasi 6-qismiga qo‘shimcha kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2016 yil 26 maydagi 06/1-05/827vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda insonparvarlik prinsipiga rioya qilinishini ta’minlagan.
«Jinoyat kodeksi 60-moddasining 5-qismiga ko‘ra, uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganida, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning eng ko‘p bo‘lgan miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasi tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozim» degan taklif O‘z.R. Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi 1-sonli «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori 20-bandi to‘rtinchi xatboshiga qo‘shimcha kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2018 yil 1 noyabrdagi PL-63-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi sud amaliyotida bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash yuzasidan axloq tuzatish ishlari va xizmat bo‘yicha cheklash jazolarini sud`yalar tomonidan bir xilda qo‘llanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
«Agar jinoyatlar majmui yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning biri yoki hukmlarning biri bilan asosiy jazo sifatida, boshqa jinoyat yoki hukm bilan qo‘shimcha jazo sifatida tayinlangan bo‘lsa, ular asosiy jazo uchun belgilangan muddat doirasida to‘liq yoki qisman qo‘shilishi lozim. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo asosiy jazo deb hisoblanadi va ayblovning har bir moddasi yoki hukmlarning har biri bilan mahrum qilingan huquqlarning barcha turlari nazarda tutilishi lozim», degan taklif Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi 1-sonli «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori 561-band bilan to‘ldirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2018 yil 1 noyabrdagi PL-63-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda asosiy va qo‘shimcha jazolarni sud`yalar tomonidan turli xil tartibda qo‘llashlarini oldini oladi.