Achilov Alimardon Samaridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kovak o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kadmiy tellurid qatlamlari asosidagi Shottki to‘siqli teskari yo‘naltirilgan strukturalardagi elektron jarayonlar», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi  (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.1.PhD/FM31.
Ilmiy rahbar: Mirsagatov Shavkat Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Abdulaziz Voxidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlyanov Abdulaziz Shavkatovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kristallitlari ustunsimon yirik blokli polikristall kadmiy telluridi qatlamlari asosidagi Al-pCdTe-Mo-tuzilmalarda teskari tok yo‘nalishda sodir bo‘ladigan elektron jarayonlarni va ularning elektrofizik parametrlariga haroratning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
orqa tomon kontakt sohasidan zaryad tashuvchilar injeksiyasi bilan bog‘liq va Al-pCdTe-Mo-tuzilma bazasida qarama-qarshi yo‘naltirilgan bir-birini kompensatsiyalovchi diffuziyaviy va dreyfli toklar paydo bo‘lishi hisobiga vol`tamper harakteristikada subchiziqli qism shakllanishining mexanizmi aniqlangan;
Al-nAl2O3-pCdTe-nMoO3-Mo-tuzilma vol`tamper xarakteristikasining haroratga bog‘liqlik xususiyligi o‘rnatilgan hamda asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar diffuziya uzunligi (Ln), μnτn kattaligi, subchiziqli vol`tamper harakteristikali diodlarda tok tashish mexanizmlarini yuzaga keltiruvchi tok harakteristikalarining noideallik koeffisientlari kabi fundamental parametrlari aniqlangan;
Al-nAl2O3-pCdTe-o‘tish potensial to‘sig‘ining 0.98 eV ga teng bo‘lgan yuqori qiymati to‘g‘rilovchi o‘tishning hajmiy zaryad sohasi bilan chegaralangan zaryad tashuvchilarning tegishli konsentratsiyalari bilan bog‘liqligi tajribada ko‘rsatilgan;
ilk bor Al-nAl2O3-pCdTe-nMoO3-Mo-tuzilma uchun rekombinatsiya toklarining kichik qiymatga egaligi va foydali signallarning katta bo‘lishini ta’minlovchi shovqinning kam qiymatli ishchi kuchlanishlar oralig‘i (2 dan 8 vol`tgacha) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kristallitlari ustunsimon yirik blokli polikristall kadmiy telluridi qatlamlari asosidagi Al-pCdTe-Mo-tuzilmalarda teskari tok yo‘nalishda sodir bo‘ladigan elektron jarayonlar va ularning elektrofizik parametrlariga haroratning ta’sirini aniqlash asosida:
qatlamlik detektor tuzilmasiga orqa tomon kontaktini olish texnologiyasi «Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan tuzilmalarning tarkibini aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qayd qiluvchi qurilmaning yangi turini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 28 maydagi NG/2653-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi metall qotishmalarda kimyoviy kirishmalar tarkibini yuqori aniqlikda (1% gacha) aniqlash imkonini bergan;
subchiziqli qismdagi qarama-qarshi yo‘nalgan diffuziya va dreyf toklarni e’tiborga olgan holda Al-pCdTe-Mo-tuzilmalar vol`tamper xarakteristikalarining teskari yo‘nalish tahlili usuli OT-F-2-41 raqamli «Turli tabiatli materiallar (metallar, yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar)ga ionlarni implantatsiyalashda sochilish, atomlar tatbig‘i, nanoo‘lchamli tuzilmalar paydo bo‘lishi va qatlamlar kuchlanishi jarayonlarini nazariy va eksperimental tadqiq etish» (2012–2016 y.y.) fundamental loyihasida geteroepitaksial nanoo‘lchamli tuzilmalarning fotoelektrik xususiyatlarini tahlil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 maydagi 89-03-1926-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tahlilning ekspress usulini ishlab chiqish va ekspluatatsiya jarayonida geteroepitaksial nanoo‘lchamli tuzilmalarning ishlash samaradorligini bashoratlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish