Kayumova Kamola Nasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Predikativlikning sintaktik-semantik xususiyatlari” (xalqaro huquq hujjatlari ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari qiyosiy tahlili asosida), 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil.861.  
Ilmiy rahbar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mahfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Radjabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi inson huquq va erkinliklariga oid xalqaro huquqiy hujjatlarda predikativlikni  ifodalanishining umumiy va farqli tomonlarini aniqlash, gapning sintaktik tuzilishi va semantik bog‘lanishlarining o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson huquq va erkinliklariga oid xalqaro huquqiy hujjatlarning davlat tiliga qilingan tarjimalarining asli (ingliz tili) ga nisbatan to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini baholashda sintaksemalarning leksik bazalarini aniqlash va leksik semantik guruhlarga ajratish asosida lingvistik ekspertiza o‘tkazish muhimligi asoslangan;
yuridik matn tadqiqoti sohasida gapning sintaktik tuzilishi va semantik bog‘lanishining qiyosiy tizimlilik jihatidan to‘ldirilishi asosida ega va kesim o‘rnida qo‘llaniladigan sintaksemalar (pozessiv, kvalifikativ, substansial va identifikatsion) aniqlangan; 
gap tarkibidan gap bo‘lagini tushirib qoldirish tajribasi, hamda modellashtirish metodi orqali xalqaro huquqiy hujjatlar matnidagi asl gapga qiyoslashda gap tuzilishi funksional-sintaktik (predikativ, subordinativ va koordinativ) bog‘lanishlardan  iboratligi isbotlangan;
kesimning sintaktik va semantik ma’nolari kompleks tarzda (sintaktik bog‘lanish, leksik va morfologik ifodalanishi, ularning semantik ma’nolari) o‘zaro bir-biri bilan tizimli aloqa munosabatlari doirasida o‘rganilib, xalqaro huquqiy hujjatlar asl ingliz tili matni xususiyatlarining o‘zbek va rus tillariga nisbatan adekvat berilishi gapning tarkibiy tuzilishini aks ettiruvchi yunksion model` asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Predikativlikning sintaktik-semantik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
xalqaro huquqiy hujjatlarning davlat tiliga qilingan tarjimalarining asliga nisbatan muqobil yoki muqobil emasligini baholashda sintaksemalarning leksik bazalarini o‘rganish va leksik semantik guruhlarga ajratib, lingvistik ekspertiza o‘tkazish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-518-son Qonunining 12-moddasiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2019 yil 8 apreldagi 10/1-727-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanishi xalqaro huquqiy hujjatlarni, ularga qo‘shilish yoki ularni ratifikatsiya qilishdan oldin lingvistik ekspertizadan o‘tkazish qoidasini joriy etib, xalqaro huquq sohasida huquq ijodkorligi mexanizmining samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
qiyosiy chog‘ishtirishning aynan yuridik matn tadqiqoti sohasidagi gapning sintaktik tuzilishi va semantik bog‘lanishi darajasida qiyosiy tizimlilik jihatidan to‘ldirilishi asosida xalqaro huquqiy hujjatlarning uch tildagi matnidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq”, “Diplomatik va konsullik huquqi” va “Xalqaro biznes huquqi” magistratura mutaxassisliklarida foydalanilgan va o‘quv amaliyotiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 89-03-1339–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning xalqaro huquqiy hujjatlarni tarjima tilida tayyorlashga oid bilim va tasavvurlarini shakllantirishga erishilgan;
gap tarkibidan gap bo‘lagini tushirib qoldirish eksperimenti va modellashtirish metodini qo‘llash xususidagi xulosalardan “Yoshlar” teleradiokanalida bevosita efirga uzatib kelinayotgan “Oqshomga qadar” dasturining “Yoshlar mehmonxonasi” sahifasi ssenariysini tuzishda foydalanilgan va interv`yulari bilan ishtirok etgan (“Yoshlar” teleradiokanalining 2019 yil 30 apreldagi 14-03-145-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni qo‘llash til uslubi hamda o‘ziga xos yuridik predikativlikni ifodalashning lingvokognitiv xususiyatlari tarjima tillarida ham aynan asl matndagidek o‘zining funksional-sintaktik bog‘lanish orqali ifodasini topgani kabi dolzarb vazifalar radiotinglovchilar  qiziqishlarining ortishiga imkon bergan, hamda radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan;
gap kesimining sintaktik va semantik ma’nolari kompleks tarzda o‘zaro  bir-biri bilan tizimli aloqa munosabatlari doirasida o‘rganilishi, xalqaro huquqiy hujjatlar asl matni xususiyatlarining o‘zbek va rus tillariga nisbatan adekvat berilishi yunksion model` asosida ochib berilishi xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Koreya Respublikasi Yonse universiteti professori (Koreya Respublikasi Personalni boshqarish sobiq vaziri) Kim Pak Suk rahbarligida tayyorlangan “Public Human Resource Management. At a Glance 2018” (Davlat boshqaruvida inson resurslari 2018 yil nigohida) amaliy qo‘llanmasining “Xorijiy fuqarolarni davlat xizmatiga ishga olish” deb nomlangan bobini tarjima qilishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2019 yil 26 iyundagi 14/1056-son ma’lumotnomasi va Britaniya Kengashining 2019 yil 4 oktyabrdagi OS-1664-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro hujjatlar tarjimasida matnlardagi gapning sintaktik tuzilishi va semantik ma’nolari jihatidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar  oldini olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish