Inoyatov Shukurillo Turg‘unboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli geterostrukturalarda katta radiusli eksitonlar va polyaronlar», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM318.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Abdurasul Gafurovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Razikov Taxirdjon Mutalovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli geterostrukturalarda katta radiusli eksitonlar va polyaronlarning energetik xarakteristikalarini kvant nuqta o‘lchamiga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor lokallashgan sferik kvant nuqtada eksiton sinov to‘lqin funksiyasidagi dinamik korrelyasiyasini hisobga olish natijasida CdS-SiO2, InGaN-SiO2, Si-SiO2 kvant nuqtalardagi tajribalarni asoslab beruvchi 1-s sath uchun energiya funksionali aniqlangan;
ikki o‘lchamli fazoda D¯markaz to‘la energiyasi va elektronning bog‘lanish energiyalarini Xilleras koordinatalari yordamida sonli usulda hisoblangan hamda D¯ markaz to‘la energiyasi fazo o‘lchami pasayganda energiya nisbati E(2d)/E(3d)≈4.3 ga teng bo‘lishi aniqlangan;
chekli potensial bar’erli sferik kvant nuqtada aniqlangan polyaronli siljish energiyasining kvant nuqta radiusiga bog‘liqligi qonuniyatida ekstremum nuqtasi mavjudligi ko‘rsatilgan, xususan kvant nuqta radiusi kamayib a≈30Ǻ ga etganda kuchli konfaynment holati yuzaga kelishi natijasida polyaronli siljish energiyasi maksimum qiymatga erishishi so‘ngra kamayishi aniqlangan;
kvant nuqtadagi polyaron masalasini echishda, noadiabatik effektlarni hisobga olgan holda, Grin funksiyasining spektral yoyilmasini echish orqali polyaron energiyasini hisoblashning sodda modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor Buymistrov-Pekarning noadiabatik usulidagi kuchsiz, kuchli va oraliq elektron-fonon o‘zaro ta’sir qiymatlarida ikki o‘lchamli polyaron to‘la energiyasi hisoblanib, bu natija boshqa natijalarga nisbatan Feynmanning usulida olingan aniq natijaga 98,5% mos kelishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sferik kvant nuqtadagi eksiton energiyasini sferik kvant nuqta radiusiga bog‘lanish mexanizmlarini aniqlash asosida:
lokallashgan sferik kvant nuqtada chekli balandlikka ega geterobar’erdagi eksitonning 1-s sathi uchun variatsion hisoblash usuli 13-02-00073 raqamli «Kvantovie tochki pervogo roda s nepryamoy v prostranstve kvaziimpul`sov strukturoy zoni provodimosti» loyihasida kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgich strukturalar sohasida amaliy masalalarni echishda foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutining 2019 yil 9 iyundagi 15507-46-2433-son ma’lumotnomasi) Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kvant nuqtada eksiton energiyasini kvant nuqta radiusiga bog‘liq holda echish imkonini bergan;
chekli balandlikka ega bo‘lgan geterobar’erli sferik kvant nuqtada eksiton energiyasini variatsion hisoblash hamda Kulon va korrelyasiya energiyalarini tahlil qilish asosida olingan natijalar F-2-21 raqamli «Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashni matematik modellashtirish» loyihasida kvant o‘rada Siklotron rezonansi sodir bo‘lish jarayonlarini tushuntirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2489- son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kichik o‘lchamli CdS-SiO2, InGaN-SiO2, va Si-SiO2 kvant o‘rasidagi elektron transport massasi va to‘la konsentratsiyasini aniqlash imkonini bergan.