Kalandarov Aybek Ruzimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida komparativlik kategoriyasi ifodalanishining sintaktik-semantik xususiyatlari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil346.
Ilmiy raxbar: Usmonov O‘rol Usmonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Durdona Esanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida komparativlik kategoriyasining sintaktik sathdagi semantik tarkibini chog‘ishtirma tarzda yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
komparativlik kategoriyasini ifodalashda o‘zbek tilida leksik (ot, sifat, fe’l, ko‘makchi so‘z turkumlari va «o‘zi» olmoshi), ingliz tilida esa morfologik vositalarning (-oid, -like, -ly, -esque, -ian, -an, -ic, -ish) mahsuldorligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi gap qurilmalarida komparativ birliklarning boshqa komponentlar bilan sintaktik aloqalari yunksion modellar yordamida ko‘rsatib berilgan, natijada komparativlikning qaysi gap bo‘lagiga nisbatan kelishi ochib berilgan;
komparativ elementli gaplardagi sintaktik birliklarning differensial sintaktik belgilari va ularning morfologik xususiyatlari komponent modellar asosida izohlanishi orqali komparativlikni ifodalovchi ot, sifat, fe’l, ko‘makchi va bog‘lovchilar dalillangan;
komparativlik ifodalangan gaplarning sintaksem tarkibi o‘rganilishi natijasida substansial komparativ, protsessual komparativ va kvalifikativ komparativ sintaksemalar bazasida ifodalanuvchi 17 ta nokategorial differensial sintaktik-semantik belgi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida komparativlik kategoriyasi ifodalanishining sintaktik-semantik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida komparativlik ifodalangan gaplarni komponentlar va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish usullari OT-F8-062-raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 maydagi 89-03-1924-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish mazkur loyiha doirasida nashr etilgan “Struktur sintaksis asoslari” monografiyasida sintaktik birliklarning kategorial va nokategorial belgilarini aniqlashga olib kelgan;
gap qurilmalarida komparativlikning sintaktik o‘rnini aniqlashda foydalanilgan yunksion va komponent modellardan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 maydagi 89-03-1924-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida uslubiy qo‘llanmalar yaratish va o‘quv dasturlari ishlab chiqishda dissertatsiyada ishlab chiqilgan metodlardan foydalanilgan;
komparativlik kategoriyasining ingliz va o‘zbek tillaridagi ifodalanish usullaridan Xorazm va Xiva shahri tarixi va an’analariga doir turistik tarqatma materiallar tarjimasi hamda Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tarixiy obidalari va asori atiqalari borasidagi gid tarjimonlar va yo‘riqchi-kuzatuvchilarning amaliy tarjima jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 03-22/7173-son ma’lumotnomasi). Mazkur asoslab berilgan usullar tarqatma materiallar tarjimasi va gid tarjimonlar va kuzatuvchilarning tushuntirish nutqlarida komparativlik ifodalangan gaplarning asl mazmunini saqlab qolinilishiga hamda sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshirishga xizmat qilgan;
komparativlik ifodalangan gaplarning sintaksem tarkibi to‘g‘risidagi xulosalar Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2018 yilda efirga uzatilgan “Munavvar kun” dasturida foydalanilgan (Xorazm davlat teleradikompaniyasining 2018 yil 27 martdagi 558-son ma’lumotnomasi). Ingliz va o‘zbek tillarida komparativlik ifodalangan gaplarning komponent va sintaksem tahlili natijalari – komparativlik kategoriyasining sintaktik mavqei hamda uning ushbu sathdagi semantikasi kabi mavzular intellektual turkumdagi ko‘rsatuv materiallarini tayyorlash va boyitishda yangi manba bo‘lib xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish