Berdimuratov Dauletniyaz Uteniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fe’l frazeologik birliklarning leksikografik talqini tamoyillari (nemis tili izohli lug‘ati misolida)”, 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil549.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna filologiya fanlari doktori; Rizaev Baxodir Xaydarovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Frazeologik birliklarning shakllari, frazeologik birliklarning semantik, grammatik va uslubiy tavsifi talqini, tagmatnda frazeologik birliklarning birikuvini ko‘rsatish va barqaror so‘z birikmalarning boshqa xususiyatlarini qamragan hozirgi nemis tili frazeologik birlik fe’l tagtizimini izohli lug‘atlar sathida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izohli lug‘atlarda frazeologik birliklarni ifodalashda komponentlarining o‘zaro almashiniladigan barcha barqaror holatlari belgilanib, ularning variantlarida frazesxemalar yaxlitligi, komponentlar tarkibidagi ba’zi bo‘lak yoki model` umumiy asosini saqlash, semema bir-biriga mos keladigan variativ komponentlar yoki assotsiatsiya aloqadorligi mavjudligi aniqlangan;
frazeologik birliklarning semantik zichlanishi oqibatida yuzaga kelgan implisit jarayonlar aniqlanib, turli tezlikda voqelanuvchi bunday jarayonlar frazeshakllarni to‘ldirishda o‘z ifodasini topishi dalillangan;
semantik jihatdan mushtarak frazeologik birliklar ularning frazeshakl tuzilishi umumiy bo‘lgan modelga kirishi belgilangan va bir modelga ega frazeologik birliklar orasidagi aloqalar tizimi keng ma’no asosida ochib berilgan;
oddiy-so‘zlashuv fe’lli frazeologik birliklar yaxlit tagtizimda birlashishi, ularning tipologik tavsifi tildagi aksar fe’l frazeologik birliklarning umumiy shakllanish qonuniyatlari va struktural tipologiyasi taraqqiyotiga muvofiq kelishi isbotlangan;
hozirgi nemis tilining asosiy tip va tiposti frazeologik birliklarining yasalishida fe’lning faolligi dalillangan, frazeologik birliklarning variativ komponentlari orasidagi o‘zaro shartli aloqa asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nemis tili izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarning reprezentatsiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zamonaviy nemis tilining izohli lug‘atlarda fe’l frazeologiyasining ifodalanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy va nazariy xulosalaridan «Qoraqalpoq tilini o‘qitishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish konsepsiyasi va kompleks tadqiqotini ishlab chiqish» mavzusidagi XT-F2-011-son fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi 6-son ma’lumotnomasi). Fe’l frazeologik birliklarning izohli lug‘atlarda talqin qilinishi bo‘yicha taqdim etilgan konsepsiya joriy loyiha mazmun-mohiyatini yanada to‘ldirishga xizmat qilgan;
fe’l frazeologik birliklarni hozirgi nemis tilining izohli lug‘atlarida reprezentatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot materiallari Qoraqalpoq davlat universitetida «Katta Ekspertlar Xizmati» (Senior Experten Service (SES)) eksperti Xans-Gyunter Passman tomonidan ilmiy seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan (Katta Ekspertlar Xizmati tashkilotining 2019 yil 17 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallarini darslarda foydalanish jarayonida frazeologik birliklarning semantikasi, nutqda foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon berdi va talabalar bilan suhbatda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
hozirgi nemis tilining leksik tizimida barqaror so‘z birikmalarning funksional va ekspressiv xususiyatlari tahlili, izohli lug‘atlarda frazeologik birliklarning qo‘llanilishini umumlashtirish asnosida olingan nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Xabar” axborot-tahliliy teleko‘rsatuvida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 4 fevraldagi 01-02/38-son ma’lumotnomasi). Natijada radio va teleko‘rsatuvlarda tayyorlangan materiallar nisbatan takomillashtirilgan, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlarning mazmun-mohiyati yangi tushuncha va qarashlar bilan boyitilgan.