Astanakulova Munisa Mirzoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksfoliativ xeylitni kompleks davosini takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib763.
Ilmiy rahbar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Monak Tat`yana Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya); Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdakimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologik universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksfoliativ xeylitni tashxislash va kompleks davosi samaradorligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksfoliativ xeylitning quruq hamda ekssudativ shakllarida bemorlarni og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va lab qizil hoshiyasi holati baholangan;
og‘iz suyuqligi va qon zardobida eksfoliativ xeylitning og‘irligini belgilovchi hamda kompleks davo samaradorligini baholovchi sitokinlar (yallig‘lanish hamda yallig‘lanishga qarshi) va lipoperaksikatsion jarayon ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;
tashxislash algoritmini ishlab chiqish, kasallikning og‘irligini va davolash samaradorligini baholash uchun eksfoliativ xeylitli bemorlar og‘iz suyuqligi va qon zardobida lipidlarni perekisli oksidlanishi (LPO) va antioksidant tizimi (AOT) ko‘rsatkichlari siljishi aniqlangan;
eksfoliativ xeylitning kompleks davosi immunomodulyator ta’siriga ega regenerativ biostimulyatorga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksfoliativ xeylit mavjud bemorlarda kasallikni davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Primeneniya erbisola kompleksnoy terapii eksfoliativnogo xeylita» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 maydagi 8n-r/184-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma umumiy davolash kursini qisqartirib, kasallik og‘irlashishining oldini olish, qaytalanishni kamaytirish va remissiya davrini uzaytirish imkonini bergan;
«Klinicheskaya otsenka tyajesti techeniya i effektivnosti lecheniya eksfoliativnogo xeylita» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 maydagi 8n-r/185-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma patologik jarayonning klinik shakliga qarab uning og‘irilik darajasini o‘rganib, davolash kursini qisqartirgan va uning samaradorligini oshirgan;
eksfoliativ xeylitning kompleks davosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahar 4-stomatologiya poliklinikasi, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi ish faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/133-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.