Nasimov El`bek El`xonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Distal tishlovni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib364.
Ilmiy rahbar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Jun-Young Paeng, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya), Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomli Moskva tibbiy-stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish qatorlarining distal munosabatini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yon sefalometrik tasvirlarga kompyuter dasturi orqali ishlov berish va baholash telerentgenografik suratlarni tashxisiy tahlilini takomillashtirishi aniqlangan;
fiziologik va distal tishlov munosabatiga ega shaxslarning klinik, antropometrik, sefalometrik ko‘rsatkichlari asosida distal tishlovni ortodontik davolash tadbirlarini shakllantiruvchi tashxisiy mezonlar ishlab chiqilgan;
barcha yuqori va pastki tishlarning meziodistal o‘lchamlarini o‘zaro bog‘liqligi asosida distal tishlovli okklyuziya anomaliyalarida qo‘llaniladigan ortodontik yoylarni shakllantirish maqsadida avtomatik ravishda tish qatori bo‘linmalarini hisoblash uchun kompyuter dasturi yaratilgan;
distal tishlovni tashxisiy mezonlar asosida davolash tadbirlarini shakllantirishda jag‘ suyaklarining o‘sish moyilligi, jag‘ni kengaytirishga ehtiyoj borligi va lablarning vakolati orqali distal tishlovni ortodontik davolashning takomillashtirilishi isbotlangan;
distal tishlovni davolashda yuqori tish yoyining kengaytirilishi, distal joylashgan pastki tish qatorining mezial siljishi, ya’ni o‘zini o‘zi tiklashi orqali ortodontik davolash muddatining qisqarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Distal tishlovni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Distal tishlov tashxisini ortodontik davolash natijasining bashorati uchun takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 8n-r/246-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma dastur orqali distal tishlovning tashxislash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
«Distal tishlov davolashini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 8n-r/247-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ushbu tish qatori anomaliyasini ortodontik yoylarni shakllantirish uchun yaratilgan dastur orqali davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
distal tishlov tashxislash va ortodontik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, TDSI Ortodontiya va tishlarni protezlash kafedra va poliklinikasi hamda Toshkent shahridagi “ChilDent” davolash-profilaktik korxonasi faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlar natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi distal tishlovni davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.