Olimov Siddiq Sharifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish-jag‘ deformatsiyali bolalarda funksional va metabolik buzilishlarni tashxislash va kompleks davolash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Tib298.
Ilmiy maslahatchi: Gafforov Sunnatullo Amrullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ruziddinov Saurbek Ruziddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Rixsi Abduqodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ural davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish-jag‘ deformatsiyalari mavjud bolalarda funksional-metabolik buzilishlarni o‘rganish va ularni tashxislash hamda kompleks davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda yuz-jag‘ sohasi funksional tizimlari komponentlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik aniqlanib, natijada 6–18 yoshdagi bolalarda tish-jag‘ deformatsiyalarining shakllanishidagi patogenetik ahamiyati isbotlangan;
okklyuzion-artikulyasion, funksional-morfologik va estetik talablarga mos keluvchi tish-jag‘ tizimidagi turg‘un natijalarga erishish uchun davolash muddatlarini optimallashtirish orqali doimiy va almashinuv tishlov davrida ortodontik davolash standartlari va tavsiyalari ishlab chiqilgan;
distal okklyuziyali bolalarda qon va so‘lakdagi metabolik ko‘rsatkichlarining taqqosiy kompleks tekshiruvlari o‘tkazilgan va ularning patogenetik ahamiyati isbotlangan;
tish qatorlari nuqsonlari biometrik ko‘rsatkichlari, qon va so‘lakning laborator ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik aniqlanib, u endogen intoksikatsiya va oksidlanuvchi stress, sitokinlar va LPO jarayonlarining faollashishi, qonning mineral tarkibi disbalansi, tomir endoteliysi raektivligi va qon ivishining tomir-trombotsitar bo‘g‘inidagi o‘zgarishlarning ahamiyati asoslab berilgan;
distal okklyuziyali bemorlarda erta tashxislash va patogenetik davolash sxemasi ishlab chiqilgan;
maktab yoshidagi bolalarda ortodontik davolash natijalarining monitoringi asosida distal okklyuziyali bolalarda ortodontik davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
6–18 yoshdagi bolalarda distal okklyuziyani davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda tish-jag‘ deformatsiyalarini davolash dinamikasida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi va prooksidant tizimi ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liq saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-r/427-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bolalarda distal okklyuziya patogenezining yangi mezonlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Mezial okklyuziyali bolalarda metabolik gomeostaz» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liq saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-r/428-son ma’lumotnomasi). Natijada TJD mavjud bolalarni davolashning yangi usulini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
«Kompleks davolash negizida tish-jag‘ deformatsiyalari mavjud bolalarning klinik-rentgenologik tavsifi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liq saqlash vazirligining 21.10.2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-r/429-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomaning ishlab chiiilish natijasida TJD mavjud bolalarni davolashda klinik ko‘rsatkichlarni yaxshilash muddatini qisqartirish imkonini bergan.
Tish-jag‘ deformatsiyali bolalarda funksional va metabolik buzilishlarni tashxislash va kompleks davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar va dasturlar Buxoro viloyat stomatologik 2-sonli poliklinikasi, Xorazm viloyati stomatologik poliklinikasi, tuman tibbiyot birlashmalari (Kogon, G‘ijduvon, Vobkent, Jondor) amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-d/244-son ma’lumotnomasi). Klinik tadqiqot natijalarining tatbiq etilishi turli tishlov davridagi distal okklyuziyali bolalarda profilaktika va kompleks davolash dasturlarini ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan.