Taylakova Dildora Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar tishlarining qattiq to‘qimasi nokarioz kasalliklarini kechishida pestisidlar va sanoat chiqindilarining ta’siri va ularning oldini olish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib287.
Ilmiyrahbar: Kamilov Haydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.31.10.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kopeskiy Igor` Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Murtazaev Saidmurodxon Saidialoevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba hayvonlari tishlarining ante- va postnatal rivojlanishiga pestisid va sanoat chiqindilarining ta’siri va bolalarda tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziyasi xastaligining oldini olishga qaratilgan kompleks stomatologik davolash-profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziya kasalligining tarqalish darajasi atrof-muhitning pestisid va sanoatning zararli kimyoviy chiqindilari bilan ifloslanish darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor tarjiba hayvonlarida ante- va postnatal davrlarida pestisidlar va sanoat chiqindilarining ta’siri natijasida tish emali hujayraviy organini atrofiyaga uchrashi va rivojlanishdan orqada qolishi isbotlangan;
tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziya kasalligi oqibatida yuzaga keladigan ikkilamchi asoratlarning oldini olishga qaratilgan klinik hamda fundamental tadqiqot natijalari (tish emalining kislotaga beriluvchanligi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienik indeksi va pulpaning elektr o‘tkazuvchanligining pasayishi) aniqlangan;
ilk bor tish qattiq to‘qima gipoplaziyasi modelida pestisidlar va sanoat zararli kimyoviy chiqindilarining tish emali hujayra organiga rivojlanish davrida salbiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziya kasalliklarini kechishida pestisidlar va sanoat chiqindilarining ta’siri, kasallikni davolash va ikkilamchi asoratlarining oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
«Bolalarda tizimli tish gipoplaziyasining oldini olish va davolash» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi №8n-r/306-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma atrof-muhitning turli sanoat chiqindilari va pestisidlar bilan ifloslangan hududda yashovchi bolalarning tish qattiq to‘qimasi gipoplaziya kasalligi asoratlarining oldini olish imkonini bergan;
«Maktab yoshidagi bolalarda tizimli gipoplaziya» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi №8n-r/305-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktab yoshidagi bolalarda anamnestik ma’lumotlari tahlil qilinib, tizimli tish gipoplaziya kasalligining tarqalishi o‘rganilib va shu asosida ushbu kasallikning barcha shakllarini davolash samaradorligini ta’minlash imkonini bergan;
bolalar tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziya kasalliklarining kechishida pestisidlar va sanoat chiqindilarining ta’siri va kasallikni kelib chiqish asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro tumani tibbiyot birlashmasining markaziy klinikasi, Romitan tumani tibbiyot birlashmasi, G‘ijduvon tumani stomatologik poliklinikasi va Kogon tumani tibbiyot birlashmasi klinik amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi №8n-d/174-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi, bolalar tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziya kasalliklarning kechishida pestisidlar va sanoat chiqindilarning ta’sirini baholash, shuningdek, bolalar orasida tish qattiq to‘qimasi tizimli gipoplaziya kasalligini tashxislash, davolash va kasallikning asoratlarini kelib chiqishining oldini olish samaradorligini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish