Xabibova Nazira Nasulloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitda patogenetik davolash usulini ishlab chiqish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib238.
Ilmiy maslahatchi: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Serpil Karaoglanoglu, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qaytalanuvchi aftoz stomatitni shakllanish mexanizmi va tizimli yallig‘lanishga chidamliligini baholash orqali davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qaytalovchi aftoz stomatit bo‘lgan bemorlarda kasallik kechishi darajasi nafaqat lokal va tizimli immun-metabolik o‘zgarishlarni, balkim soxta allergik reaksiyalarni ham keltirib chiqaradigan komorbid patologiya tarqalishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
qaytalanuvchi aftoz stomatit patogenizining yangi konsepsiyasini shakllantirish, kasallik darajasi shakllanishida immunologik o‘zgarishlar, proteoliz oshishi, yallig‘langan sitokinemiya, LPO mahsulotlarining ortishi bilan bir qatorda adgeziya molekulalari va soxta allergik yuklamalarning muhim o‘rini asoslangan;
kasallik kechishi darajasidan kelib chiqib, asosiy terapevtik davolash tizimi bilan birga turli farmokologik yo‘nalishlardagi antigistaminli dori vositalaridan differensirlangan foydalanishning yangi davolash usuli ishlab chiqilgan;
kasallik kechishi darajasining patogenetik jihatdan asoslangan mezonlari va adgeziya, gistamin molekulalari va diaminoksidaza fermentiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi gistamin ta’sirida immun javob va antiinfeksiya himoyasini ta’minlaydigan, lokal darajada aralash so‘lak yaqqolroq namoyon bo‘lgan IgA, IgM va IgG konsentratsiyalarining oshishi asoslangan;
lokal aralashgan so‘lak va tizimli qon zardobi darajalarda qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali qaytalanuvchi aftozli stomatitda patogenetik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashga probiotiklarni qo‘shish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 iyundagi 8n-r/193-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni kompleks davolashga probiotiklarni qo‘shish orqali kasallikni samarali davolash imkonini bergan;
«Surunkali qaytalanuvchi stomatit bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 iyundagi 8n-r/193-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali qaytalanuvchi stomatitli bemorlar og‘iz  bo‘shlig‘i mikrofolorasini baholash orqali surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit etiopatogenezi ma’lumotlarini taqdim etish imkonini bergan;
«Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni tashxislash, dastlabki davolashni bashoratlashga yangicha yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 iyundagi 8n-r/193-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni tashxislashning yangi usulini ishlab chiqish imonini bergan;
surunkali qaytalanuvchi aftozli stomatitda patogenetik davolash usulini ishlab chiqish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari viloyat stomatologik poliklinikasi, Samarqand viloyati Tayloq tumani stomatologik poliklinikasi, Buxoro viloyati G‘ijduvon  va Vobkent tumanlari stomatologik poliklinikalari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 9 noyabrdagi 8n-z/180-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali qaytalanuvchi aftozli stomatitning klinik kechish darajasini sezilarli pasaytirish va kasalliklarga chalingan bemorlarning yashash sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish