Tavasharov Bahodir Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingichka ichakning alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan zaharlanganda morfologik tavsifi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib836.
Ilmiy rahbar: Sagatov Tulyagan Agzamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuxtaev Qodir Rahimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan zaharlanishlarda ingichka ichakning to‘qima va gemomikrotsirkulyator o‘zani qon tomirlari morfologik o‘zgarishlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makro-mikro-ul`tramikroskopik va morfometrik usullarni qo‘llagan holda ilk marotaba alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishda kalamushlar ingichka ichagining to‘qima tuzilmasi hamda mikrotsirkulyator o‘zani qon tomirlari morfologik ko‘rsatkichlari bog‘liqligi asoslangan;
tajribaning erta bosqichida alloksan diabet sharoitida pestisidlarning o‘tkir ta’siri natijasida ingichka ichak devori to‘qima tuzilmalari va gemotsirkulyator qon tomirlar o‘zani tizimida yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlarning rivojlanishi hamda to‘qimalarning atrofik o‘zgarishlarga olib kelishi isbotlangan;
ingichka ichak devori barcha qavatlarining, ayniqsa o‘n ikki barmoqli ichak (O‘IBI)ning shilliq qavatlarining morfometrik ko‘rsatkichlari kamayib borishi, a’zo ichki qon tomirlari egri bugriligi, qon tomirlar bo‘shlig‘i diametri, qon tomirlar taqsimlanishi zichligining kamayishi asoslangan;
«Omayt-57E» pestisidi bilan zaharlanishda ingichka ichak devori to‘qima tuzilmasi va gemotsirkulyator qon tomirlar o‘zanining qayta tiklanish jarayonlari, «Sumi-Al`fa» pestisidi bilan zaharlanishga nisbatan tezroq yuzaga chiqishi, «Sumi-Al`fa» bilan bilan zaharlanishda qayta tiklanish jarayonlari nisbatan sekinlashishi asoslangan;
aloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan surunkali zaharlanishda ingichka ichak devori barcha qavatlari, ayniqsa shilliq qavatlaridagi atrofik va dissirkulyator o‘zgarishlar sezilarli darajada tez rivojlanib, kech muddatlarda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga etib, amaliy jihatdan qayta tiklanish moyilligiga ega bo‘lmasligi isbotlangan;
ichak devorining barcha qavatlari mikro-qon tomirlarida sklerotik va destruktiv jarayonlar ustunligi, qon tomirlarida “tomirsiz” sohalar sonining ortishi, shilliq qavatlarda bir maydon birligida (zichligida) qon tomirlar sonining kamayishi va ingichka ichak devorida atrofik jarayonlarning rivojlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan zaharlanganda ingichka ichak morfologik tavsifini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Alloksan diabet sharoitida pestisidlar ta’sirida ingichka ichak devori tuzilmalari buzilishini tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ingichka ichakning alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan zaharlanganda gemotsirkulyator qon tomirlar o‘zani va to‘qima tuzilmasidagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash va profilaktik choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.
«Pestisidlarning ta’sirida alloksan diabet sharoitida ingichka ichak gemotsirkulyator o‘zani zararlanishini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan zaharlanganda ingichka ichak gemotsirkulyator o‘zani qon tomirlari va to‘qima tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash va profilaktik davo choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan zaharlanganda ingichka ichak morfologik tavsifi bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, Toshkent farmatsevtika instituti markaziy tadqiqot labaratoriyasining fundamental tadqiqot amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8 n-z/179-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi alloksan diabet sharoitida pestisidlar bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishlarda ingichka ichak to‘qima va qon tomirlaridagi o‘zgarishlarni morfologik ko‘rsatkichlar bilan asoslash va pestisidlar miqdorini me’yorlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish