Xasanova Dilnoza Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingichka ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlari», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib418.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Pavel Yozef Shafarik universiteti (Slovakiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamushlarni me’yorda va nur kasalligi fonida biostimulyator ta’sirida  ingichka ichakdagi limfoid hosilalarining morfofunksional xosligini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali nur kasalligi bilan bog‘liq yosh aspektidagi kalamushlar ingichka ichagi limfoid tuzilmasida gistotopografik ko‘rsatkichlari hamda ingichka ichakning limfoid hosilalariga salbiy ta’siri nurlantirilgan kalamushlarda guruhlashtirilgan limfoid tugunlar soni va limfa tugunlari miqdorining kamayishi asoslangan;
nurlantirilgandan so‘ng guruhlashtirilgan limfatik tugunlar shaklining oval shakldan dumaloq shakliga hamda guruhlashtirilgan limfatik tugunlarning noto‘g‘ri shaklga o‘zgarishi isbotlangan;
nurlantirilgan kalamushlarning ingichka ichagida guruhlashtirilgan limfatik tugunlar bilan qoplanish maydonining kamayishi hamda surunkali nurlanish ta’siridan so‘ng ichaklarning limfoid to‘qimalari funksional faolligining pasayishi isbotlangan;
 tajriba hayvonlarini nurlantirish vaqtida biostimulyator bilan korreksiyalash, erkak kalamushlardagi nurlantirilgandan keyingi korreksiyalashga nisbatan samaradorligi, ingichka ichakda yakka tartibli limfatik tugunlarning paydo bo‘lishi faollashishi hamda surunkali nurlanishning salbiy ta’sir ko‘rsatish darajasi sezilarli pasayganligi isbotlangan;
ingichka ichakning limfatik tugunlari tuzilmaviy-funksional sohasida shakllanish sur’ati, hujayralar faolligi va ingichka ichak limfoid tuzilmalarining morfologik parametrlari dori vositalarisiz davolanganda nur kasalligi ta’siri ostida kalamushlardagi xuddi shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lishi hamda biostimulyatorni qo‘llash uchun standart miqdori takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingichka ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional  xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlarning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Surunkali nur kasalligida ingichka ichakning limfoid hosilalari morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi 8n-d/234-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali nur kasalligida ingichka ichakning limfoid tuzilmalarida morfologik o‘zgarishlarni baholash, ularni o‘z vaqtida davolash tartibini tizimli tashkil etish va asoratlarning oldini olishga imkon bergan;
ingichka ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional  xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlar samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika onkologiya va radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazining Buxoro filiali va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi klinik  amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-z/174-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi morfologik  guruhlashtirilgan limfoid tugunlar miqdori, ulardagi tugunlar soni, guruhlashtirilgan limfoid tugunlarning o‘lchamlari, limfa tugunlarining umumiy maydoni, ingichka ichakning tutqich qismi umumiy maydoniga limfa tugunlari umumiy maydonining nisbatini foizlardagi ifodasi bo‘yicha organ patologiyalarning rivojlanishini erta tashxislash, davolash va bashoratlash, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish