Xolikova Adliya Omonullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Somatotropinomalar: klinik-epidemiologik jihatlari, asoratlarning uchrash darajasi, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davolash samaradorligini baholash», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Tib388.
Ilmiy maslahatchi: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ya.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Zoirxuja Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: akromegaliyada kasallik va uning asoratlarining klinik-epidemiologik qirralarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi doirasida kasallikni davolash va bemorlarni kuzatish hamda uzoq kelajakda nazorat olib borishni mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Akromegaliyaning gender, yosh bo‘yicha o‘ziga xos kechuvi va zamonaviy tashxislash hamda davolash usullarining qulayligi va adekvatligi isbotlangan va akromegaliyali bemorlarni samarali davolash monitoringi, asoratlarini erta aniqlash, ularning kasallik oqibatida tutgan o‘rnini baholash maqsadida «Akromegaliya bemorlarini registri» bazasi yaratilgan va O‘zbekistonda gipofiz somatrop adenomali bemorlarning epidemiologik, klinik, gormonal, vizualizatsion, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari 12 yil oldingi holat bilan taqqoslama komleks analiz olib borilgan;
sog‘liqni saqlash tizimining turli bosqichlarida akromegaliyali bemorlarni tashxislash, davolash samaradorligini yaqin va uzoq kelajakdagi natijalari va kuzatishda qo‘llaniladigan ratsional usullari takomillashtirilgan;
akromegaliya asoratlarining monitoringi yo‘l xaritasi yaratilgan va bemor jinsi va yoshi, gipersomatotropinemiya davomiyligi, kasallik yomon tugashiga olib keluvchi xavf omillarini o‘rganish hisobiga respublikada akromegaliya asoratlarining uchrashi va o‘ziga xos kechishi aniqlangan;
ilk bor respublikada gipofiz somatotrop adenomasini immunogistokimyoviy usuli bilan kasallik oqibatining prognostik omili hamda o‘smaning agressiv invaziv o‘sishini ko‘rsatuvchi Ki 67 markeri aniqlangan;
akromegaliyada o‘sma qayta rivojlanishining oldini olish va davolashning turli usullarini to‘g‘ri tanlashga imkon beruvchi matematik model` yaratilgan;
ko‘plab multifaktor analizlar yurak-qon tomir asoratlari kelib chiqishida o‘sish gormoni kunlik ritmiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan va glyukozaga tolerantlik testi o‘tkazilganda o‘sish gormonining kamayishi akromegaliyaning faolligi hamda oqibatinining orasida bog‘liqlik borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida akromegaliya va uning asoratlari tashxisi, davolash va kuzatuvi, kasallikni qayta rivojlanishining oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Akromegaliyani tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 9 apreldagi 8n-r/120-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma respublikamizda akromegaliyali bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, davolash, bemorlar monitoringini olib borish, epidemiologik ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish imkonini bergan;
«Gipofiz somatotrop adenomali kasallar monitoring yo‘l xaritasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 9 apreldagi 8n-r/119-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma akromegaliyali bemorlarning monitoringida sog‘liqni saqlash tizimining turli davolash va tashxislash muassasalarida bosqichli yordam ko‘rsatish orqali imkoni bergan;
akromegaliya tashxislash va davolash algoritmi va bemorlar monitoring yo‘l xaritasi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan To‘raqulov Yo.X. nomidagi RIEITM neyroendokrinologiya bo‘limi va laboratoriyasiga, Buxoro va Navoiy viloyat endokrin dispanserlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-z/190-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy qilinishi akromegaliyali bemorlar salomatligini kuzatish, og‘ir asoratlarni o‘z vaqtida aniqlash, kasallikdan o‘lim va nogironlik holatlarining kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish