Azizova Guzzal` Djambulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyasida postmenopauzal davridagi ayollarda osteoporotik buzilishlarni prognoz qiluvchi genlar polimorfizmi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib457.
Ilmiy rahbar: Alieva Dil`fuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktor, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Xegay Tat`yana Rudol`fovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postmenopauzal davrda o‘zbek populyasiyasiga mansub bo‘lgan ayollarda osteoporotik buzilishlarni prognozlash bilan bog‘liq ayrim genlar ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor postmenopauzal osteoporoz va osteopeniya bo‘lgan o‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda suyak metabolizmini boshqaruvchi rs4988235 LCT, rs2228480  ER va rs2228570 VDR genlarning allel` va genotipik variantlari chastotasi va suyak modda zichligi buzilishlarining shakllanishida ishtirok etuvchi salbiy genotipik variantlari aniqlangan;
postmenopauzal davrda suyak to‘qimasi destruksiyasining rivojlanishi bilan rs 4988235 gen LCT va rs 2228480  ER geni polimorf lokuslari orasida OP bo‘lgan va bo‘lmagan hollarda genotip variantlarining o‘zaro farqlari aniqlanmaganligiga asoslangan holda mustaqil bog‘liqlik mavjud emasligi isbotlangan;
postmenopauzal davrda osteoporoz bo‘lgan ayollarda suyak to‘qimasi destruksiyasi rivojlanishi ehtimollik darajasining korrelyasion o‘sishiga asoslangan holda uning f/f genotipga ega bo‘lgan rs 2228570 VDR geni orasida bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
ayollar postmenopauzal osteoporozining rivojlanishida genlararo (rs 4988235, rs 2228570, rs 2228480) polimorfizm hamda genetik moyillikning shakllanishi orasida mutatsiyaga uchragan genlar ta’siriga asoslangan uzviy bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Postmenopauzal davrdagi o‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda osteoporotik buzilishlarni prognozlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«O‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda postmenopauzal osteoporozni prognozlash va profilaktikasining zamonaviy uslublari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 iyundagi 8n-r/174-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma postmenopauzal davrdagi ayollarda OPni prognozlash, osteoporotik suyak sinishlarining oldini olish va asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
«Klimakterik sindrom profilaktikasi va terapiyasining al`ternativ uslublari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 30 dekabrdagi 8n-r/217-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma MGTga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan hollarda klimakterik sindromni davolashning al`ternativ usullaridan foydalanish imkonini bergan;
postmenopauzal davrdagi o‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda osteoporotik buzilishlarni prognozlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon viloyati Izboskan tumanining Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatash tumanidagi Tibbiyot birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Regional perinatal markazida tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 iyundagi 8n-r/174-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ko‘rsatmalar suyaklarning osteoporotik o‘zgarishlarini diagnostika qilish hamda pastenergetik suyak sinishlarining rivojlanishini 80%ga, gormonal menopauzal terapiyaga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan hollarda klimakterik simptomlarini yo‘qotish uchun al`ternativ terapiyadan foydalanish ayollarda klimakterik sindrom ko‘rinishlarini 65%ga kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish