Sabirova Shaxnoza Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dizagregatsion trombotsitopatiyalarning klinik-patogenetik aspektlari», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib697.
Ilmiy rahbar: Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori; Xalikov Pulat Xujamkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dizagregatsion trombotsitopatiyalar rivojlanishida klinik-gemostaziologik xususiyatlarini baholash va genetik markerlarni aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizagregatsion trombotsitopatiyalarda kasallikning shaklidan qat’i nazar burundan qon ketishlar (42%) va petexial-ko‘karishli gemorragiyalar (27%) eng ko‘p namoyon bo‘luvchi klinik ko‘rinishlar ekanligi belgilangan, shu bilan birga o‘rta yoshli shaxslarda (71%) boshqa yosh guruhlariga nisbatan dizagregatsion trombotsitopatiya bilan qayd qilingani isbotlangan;
dizagregatsion trombotsitopatiya bilan hastalangan bemorlarda (P2RY12, HPA 2, HPA 3) genlari polimorfizmlarining genotipik variantlarini trombotsitlar agregatsiyasining buzilish patogenezida o‘rni asoslangan;
dizagregatsion trombotsitopatiya bilan kasallangan bemorlarda agregatsiya nazoratining buzilishi, shuningdek klinik ko‘rinishlarni, xususan menorragiyaning shakllanishi bilan P2RY12 geni polimorfizmining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
dizagregatsion trombotsitopatiya bilan xastalangan bemorlarda HPA 3 geni T2622G polimorfizmi noxush genotipik variantlarining oshishiga moyilligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dizagregatsion trombotsitopatiyalarning klinik-patogenetik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Dizagregatsion trombotsitopatiyalarning klinik kechishini oldindan aniqlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/179-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma dizagregatsion trombotsitopatiyalar klinik kechishining oldini olish va samarali davolash tizimini amalga oshirish imkonini bergan;
«Dizagregatsion trombotsitopatiyalarning algoritm tashxisoti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/179-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma dizagregatsion trombotsitopatiyalarning tashxisotining ketma-ket tartibini ishlab chiqish va natijada erta va samarali davolashning imkonini bergan;
dizagregatsion trombotsitopatiyalarning klinik-patogenetik aspektlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Sirdaryo filialida hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 noyabrdagi 8n-z/185-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi dizagregatsion trombotsitopatiya bilan kasallangan bemorlardan tashkil topgan asosiy guruxda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari tomonidan aniqlangan buzilishlar asosida trombotsitlar funksiyasining buzilishi yotgan qonning ivish faoliyatining pasayganligi mavjudligini isbotlashga, o‘z navbatida dizagregatsion trombotsitopatiyalarning prediktiv tashxislash sifatini yaxshilashga, kasalliklarni rivojlanish xavfini va klinik ko‘rinishlarni bashorat qilishga, shuningdek, ushbu kasallikka chalingan bemorlarning yashash sifatini yaxshilashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish