Baybekov Renat Ravil`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Laparoskopik xolesistektomiyada yatrogen jarohatlanishlarning oldini olishda o‘t yo‘llari variant anatomiyasining o‘rni», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib513.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Atuallaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Minsk xirurgiya, transplantologiya va gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Davlat muassasasi (Belarus Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik amaliyot natijalarining omilli tahlili va o‘t yo‘llari jarohati profilaktikasining taktik-texnik va diagnostik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan o‘t tosh kasalligi bo‘lgan bemorlarni laparoskopik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laparoskopik xolesistektomiya vaqtida o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlangan bemorlarda biliar tizim anatomo-topografik xususiyatlariga aniqlik kiritilgan va o‘t qopi yo‘lining joylashishi, o‘tish, uzunligi va gepatikoxoledoxga quyilish sathini hisobga olgan holda notipik joylashishining maxsus turlari aniqlangan;
o‘t qopi yo‘li va gepatikoxoledoxning topografik o‘zaro tor bog‘liqligi oqibatida Mirizzi sindromining I tipiga o‘xshash anatomik joylashuvi hamda umumiy jigar o‘t yo‘lining uzun bo‘lib, Gartman cho‘ntagi yoki o‘t qopining bo‘yinchasiga yaqin kelishi va o‘t qopi yo‘lining kalta bo‘lishi o‘t yo‘llari anatomiyasining eng xavfli variantlari ekanligi aniqlangan;
o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari xavfi ehtimoli borasida biliar tizim anatomiyasi variantlarining o‘zgarishiga eng sezilarli va salbiy ta’sir qiluvchi asoratli kechgan o‘t tosh kasalligi asosiy klinik omillarining prognostik ahamiyati aniqlangan;
biliar tizim anatomiyasi variantlarining xususiyatlarini aniqlash va o‘t yo‘llari jarohatlanishi xavfining klinik omillari borasida tekshiruvning nurli usullari (UTT, MRT), bevosita kontrast xolangiogrammalar (ERXG) diagnostik ahamiyati va laparoskopik xolesistektomiya vaqtida aniqlangan vaziyat o‘rtasidagi ishonchli farqlanishlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari profilaktik jihatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Laparoskopik xolesistektomiyada o‘t yo‘llari jarohatlari xavf omillarining stratifikatsiyasi» usulbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 8n-z/200-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tipik anatomiyadan turli og‘ishlar ehtimoli va o‘t yo‘llari jarohatlanish xavfi turli klinik omillarini aniqlash imkonini bergan, bu esa o‘z navbatida, amaliyot oldi tayyorgarligi sifatini va amaliyot vaqtida taktik-texnik jihatlarni yaxshilash hisobiga yatrogen jarohatlanish sonini qisqartirish imkonini bergan;
o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari profilaktik jihatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi, Andijon va Samarqand davlat tibbiyot institutlari klinikalarining xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 8n-z/200-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning taklif etilgan natijalari asosida o‘t tosh kasalligi bilan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish spektri sezilarli kengaygan, bu esa magistral o‘t yo‘llarining yatrogen jarohatlanishlarini ishonchli darajada 0,49% dan 0,17% gacha, aberrant o‘t yo‘llari jarohatlari xavfini 0,17% dan 0,11% gacha, xirurgik korreksiyaga ehtiyojni 0,52% dan 0,17% gacha va jarohatlanish xavfini umuman 0,66% dan 0,28% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish