Saidov Murodillo Sayfulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anorektal nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarni tashxislash, davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish usullari», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib531.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nasriddin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Astana tibbiyot universiteti» notijorat aksioner jamiyati (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik aralashuvlarning diagnostik va taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish, shuningdek reabilitatsiya dasturini optimallashtirish yo‘li bilan anorektal nuqsonlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skrining diagnostikasining sezgirligi, o‘ziga xosligi va umumiy aniqligini baholash bilan homila rivojlanishining anorektal mal`formatsiyani va u bilan birga keluvchi nuqsonlarni antenatal tekshirishning sonografik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
zararlangan a’zoning neyrogistologik tuzilishini, xirurgik aralashuv va reabilitatsiya dasturining taktik va texnik xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda anorektal mal`formatsiyani erta xirurgik davolash natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan klinik va patogenetik jihatlar aniqlangan;
to‘g‘ri ichak sfinkter apparatining funksional holatiga qarab davolash natijalarini balli baholash shkalasini takomillashtirish uchun anorektal mal`formatsiyani xirurgik bartaraf etilganidan so‘ng anorektal zonaning propriotseptiv xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy klinik va fiziologik omillar tizimlashtirilgan;
nuqsonni xirurgik davolashning taktik va texnik xususiyatlarini va amaliyotdan keyingi reabilitatsiya dasturining sifatini hisobga olgan holda anorektal mal`formatsiyani bartaraf etilganidan so‘ng to‘g‘ri ichak sfinkter apparatining ishga layoqatsizligi rivojlanishining xavf omillari aniqlashtirilgan;
anorektal teshik hududida to‘g‘ri ichak shilliq qavatning saqlanib qolinishi uning neyroreseptor apparati zichligi hajminini saqlashga yordam berishi va mushaklarning to‘g‘ri tonusini va rektoanal zonaning zarur harakatchanlik darajasini tiklashga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anorektal mal`formatsiyasi bo‘lgan bolalarda tashxis qo‘yishni va xirurgik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Anorektal mal`formatsiyasi bo‘lgan bolalarni tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiyasi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-z/191-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar anorektal mal`formatsiyani xirurgik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish imkonini bergan;
anorektal mal`formatsiyasi bo‘lgan bolalarga tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-klinikasining xirurgiya bo‘limi, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-z/191-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish anorektal mal`formatsiyasi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini yaxshilash, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini 50% dan 25% ga, o‘lim ko‘rsatkichini 26,4% dan 11,4% ga qisqartirishga va uzoq muddatlarda yaxshi natijalarni 49,2% dan 77% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish