Raxmatullaev Akmal Abadbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda ureterovezikal segment rivojlanish anomaliyasining diagnostikasi va xirurgik davosi”, 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib126.
Ilmiy maslaxatchi: Aliev Maxmud Muslimovich. tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Zorkin Sergey Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “N.A.Lopatkin nomidagi Urologiya va intervension radiologiya ilmiy-tekshirish instituti” Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalarda ureterovezikal segment anomaliyasini erta tashxislash va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anatom-funksional tavsiflarga urg‘u berilgan urodinamik va sistoskopik tadqiqot ureterovezikal segment anomaliyasida urodinamika buzilishi variantlarini tasniflash imkonini berishi asoslangan;
ureterovezikal segmentning antireflyuks mexanizmi buzilishida og‘irlik darajasini baholashning patogenetik mezonlari og‘izchaning joylashishi va konfiguratsiyasi, siydik naychasining shilliq osti qavati qisqarishi, bosim gradienti pasayishi, gidrodilyatayiya va siydik pufagi shilliq qavati holatini o‘z ichiga olishi aniqlangan;
ureterovezikal segmentning stenozlovchi anomaliya og‘irlik darajasini baholashning ob’ektiv belgilari og‘izchasining joylashishi va konfiguratsiyasi, stenoz diametri va hajmi, bosim gradienti oshishi va siydik pufagi shilliq qavatining holati ekanligi aniqlangan;
ureterovezikal segment anomaliyasida urodinamik buzilish tabiatini tekshirish uchun eng informativ tekshirish usuli diuretik yuklama va siydik pufagidan siydik ajralishini endoskopik tekshirish bilan birga impul`s-to‘lqinli dopplerometriya yordamida ul`tratovush tekshiruv bilan olib boriladigan transformatsiyaviy exopieloskopiya hisoblanishi aniqlangan;
ureterovezikal segment anomaliyasini xirurgik davolash samaradorligi siydik naychasining anatomik tuzilishi o‘zgarishi darajasiga ko‘ra tanlangan operatsiya usuliga bevosita bog‘liqligi, ularning mos kelmasligi qoniqarsiz natija ehtimolini oshirishi asoslangan;
ureterovezikal segmentning reflyuksli anomaliyasini endoskopik tuzatish natijalari bolyus o‘chog‘i shakllanishi variantlariga bog‘liq, bunda engil darajada STING usuli, o‘rta darajada HIT I va og‘ir darajada HIT II usuli tanlanishi asoslangan;
bolalardagi ureterovezikal segmentning restenozini endoskopik tuzatishning an’anaviy usuldan keyin past stentlash bilan ballonli dilyatatsiya, ureterovezikal naycha reflyuksini resedivirlashda esa HIT1 va HIT2 usuli optimal usul ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda ureterovezikal segment anomaliyasini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Bolalardagi ureterovezikal reflyuksni tashxislash va transuretral davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/238-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qovuq-siydik naychasi reflyuksli bolalarni tashxislash va davolashning bevosita natijalarini yaxshilash, natijada xirurgik aralashuvlarning ijobiy natijalari chastotasini oshirish va hayot sifatini sezilarli yaxshilash imkonini bergan;
«Bolalardagi supravezikal obstruksiyada teri orqali punksiyali nefrostomiya» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/238-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bolalardagi supravezikal obstruksiyani davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
bolalardagi ureterovezikal segment anomaliyasini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar xirurgiyasi bo‘limi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar xirurgiyasi bo‘limi, Andijon, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 oktyabrdagi 8n-d/238-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Bolalardagi ureterovezikal segment anomaliyasini davolash uchun taklif etilgan kompleks yondashuvni qo‘llash xirurgik davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilash va ureterovezikal reflyuksni tashxisiy baholash usulini 35% ga optimalllashtirish hamda bemorlarning statsionar davolanish muddatini 19,4% ga qisqartirish imkonini bergan.