Oliy attestatsiya komissiyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni belgiladi:

    1. Ilmiy darajalar bo‘yicha:
    ilmiy jamoatchilik, izlanuvchilar hamda dissertatsiya yoqlaydigan talabgorlar va ularning yaqinlari sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar majlislarini o‘tkazish nomuayyan muddatga to‘xtatildi;
    ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlarga taqdim etilgan hujjatlar(dissertatsiya, avtoreferat va boshqalar) elektron tarzda ko‘rib chiqiladi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari ish bajarilgan muassasalar va talabgorlarga tegishli elektron manzillar orqali yetkaziladi;
    dissertatsiya himoyasi kuni belgilanib, nashr qilingan avtoreferatlar asosida keyinchalik dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi.

 OAK Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘lish