Abdullaeva Nargiza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek xalq maqollaridagi graduonimik munosabatlarning lingvopragmatik xususiyatlari», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil340.
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shirinova Nilufar Djabbarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek xalq maqollari tarkibidagi graduonimik munosabatlarning lingvopragmatik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida graduonimiya hodisasining paremiologiyada mavjudligi hamda undagi graduonimik munosabatlarni maqollararo tashqi va maqol tarkibidagi ichki turlarga ajratish asoslangan;
lingvopragmatikaga maqollarning nutqiy aktni va adresantning intensiyasini ifodalashi, deyksis vazifasini bajarishi, transaksiyaning bir qismi bo‘lishi, adresant va adresatning shaxsiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarini hamda muloqot vaziyatidagi holat, zamon, makon kabi omillarni o‘zida aks ettira olishi, kontekstdagi inferensiyani ifodalashi kabi lingvopragmatik jihatlarini o‘zida qamrab olgan «paremiopragmatika» yo‘nalishini kiritish dalillangan;
qiyoslanayotgan tillarda graduonim komponentli maqollar makrograduonimik, mikrograduonimik, miqdorni anglatuvchi graduonimik, siklik graduonimik, unikal graduonimik va turli graduonimik munosabatlarga ega maqollar turlariga bo‘linishi isbotlangan;
ingliz tili korpuslari – BNC va COCA asosida ingliz xalq maqollari tarkibidagi graduonimik munosabatlarning maqolning kontekstual mazmunida odatda ijobiy va neytral hamda ba’zida salbiy pragmatik bahoni ifodalanishiga hamda o‘zbek tilidagi badiiy asarlar va og‘zaki nutq matnlaridan olingan parchalar asosida o‘zbek xalq maqollaridagi graduonimik munosabatlarning maqolning kontekstdagi mazmunida odatda salbiy va neytral hamda ba’zida ijobiy pragmatik bahoni ifodalanishiga sabab bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ingliz va o‘zbek tillariga xos xalq maqollarining tarkibida mavjud bo‘lgan graduonimlar va ularning lingvopragmatik xususiyatlarini chog‘ishtirma tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
graduonimiya leksik-semantik paradigmasi, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning struktur, semantik, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari, mazkur tillardagi maqollar tarkibida mavjud graduonimik munosabatlar va ularning turlari, ingliz va o‘zbek xalq maqollaridagi graduonimik munosabatlarning lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq qilishga oid ilmiy xulosalari bilan bog‘liq natijalari Xalqaro Maqolshunoslik Jamiyati (International Association of Paremiology (AIP-IAP, UNESCO)) tomonidan Tavira shahrida o‘tkazilgan “13-Maqollar bo‘yicha Sohalararo Kollokvium (13th Interdisciplinary Colloquium on Proverbs)”ning ishtirokchilari uchun ilmiy seminar o‘tkazishda foydalanilgan; shuningdek, «Dictionary of English and Uzbek national proverbs containing graduonyms/Graduonim komponentli ingliz va o‘zbek xalq maqollari lug‘ati» kollokviumning xalqaro ko‘rgazmasiga kiritilgan (Xalqaro Maqolshunoslik Jamiyatining 2019 yil 11 noyabrdagi 508563151-son dalolatnomasi). Natijada maqollarning lingvopragmatik xususiyatlarini qamrab olgan “Pareniopragmatika” sohasi asoslangan;
ingliz va o‘zbek xalq maqollari, ulardagi sinonimik, antonimik va graduonimik munosabatlar hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini chog‘ishtirib o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining madaniy-ma’rifiy mavzudagi «Bolalar uchun» eshittirishining «Ingliz tili saboqlari» sahifasi va «Ta’lim va taraqqiyot» radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2017 yil 16 oktyabrdagi 0218-1-92-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini o‘rganuvchilarga so‘zlarning darajalanishi, o‘zaro ma’nodoshligi hamda kontekstual ma’no yaqinligini hisobga olgan holda yangi leksikani o‘zlashtirishi qulay ekanligi, graduonimik munosabatga ega ingliz va o‘zbek xalq maqollarida o‘ziga xos o‘xshash va farqli xususiyatlarning mavjudligi asosida ularni tarjima qilish hamda o‘rganishning yanada osonlashishi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi maqollarning ingliz tilidagi muqobilini tanlash hamda ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek tilidagi muqobilini tanlash jarayonida maqollarning lingvopragmatik xususiyatlariga oid materiallardan I-OT-2019-42-raqamli «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» mavzusidagi innovatsion loyihaning «Milliy pragmatik assotsiativ tushunchalar tarjimasi» bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3917-son ma’lumotnomasi), bunda o‘zbek va ingliz tillaridagi maqollar muqobillarini tanlashga oid lingvistik mezonlar ishlab chiqilgan hamda ular loyiha ishida qo‘llanilgan;
graduonimiya hodisasi, ingliz va o‘zbek xalq maqollari tarkibidagi mavjud graduonimik munosabatlar tasnifi hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalar asosida dissertantning «Dictionary of English and Uzbek national proverbs containing graduonyms/Graduonim komponentli ingliz va o‘zbek xalq maqollari lug‘ati» (ISBN 978-9943-6040-3-2) nashr ettirildi hamda oliy ta’lim muassasalari dars mashg‘ulotlarida foydalanilmoqda (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3917-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning ikkinchi tilda muqobillarini berish bo‘yicha tavsiyalar berilgan;
graduonimiya leksik-semantik paradigmasi, uning tilning turli sathlaridagi o‘rni, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning struktur, stilistik, semantik va lingvomadaniy xususiyatlari, mazkur tillardagi maqollar tarkibida mavjud graduonimik munosabatlar va ularning turlari, maqollarning lingvopragmatik jihatlari hamda vazifalari, ingliz va o‘zbek xalq maqollaridagi graduonimik munosabatlarning lingvopragmatik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalari bilan bog‘liq natijalari O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakul`teti «5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german filologiyasi)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishida «Tilshunoslik», «Tarjima nazariyasi va amaliyoti», «O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari» («Leksikologiya» va «Stilistika») fanlari hamda «5A120102-Lingvistika (ingliz tili)» magistratura mutaxassisligida «Qiyosiy tilshunoslik» va «Zamonaviy lingvistika» («Lingvomadaniyatshunoslik» va «Pragmalingvistika») fanlari bo‘yicha namunaviy dasturlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3917-son ma’lumotnomasi). Bu turli tizimli tillarga xos maqollarning tarkibida uchraydigan graduonimlar va ularga xos lingvopragmatik xususiyatlarning atroflicha tadqiqqa tortilishi orqali olingan natijalar til o‘rgatish amaliyotida keng foydalanilishiga xizmat qilgan.