Nuriddinov Zufar Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqalar iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish va investision jozibadorligini statistik baholash», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt377.
Ilmiy rahbar: Shadiev Xamid Azimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 30.09.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Hamidullo G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish va investision jozibadorligini statistik usullarda baholash hamda istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa salohiyatini baholovchi jamlanma ko‘rsatkichlarning statistik baholash uslubi «mintaqaning investision jozibadorligi va innovatsion rivojlanish» integral ko‘rsatkichi asosida takomillashtirilgan;
mintaqalarning investision jozibadorligi va innovatsion rivojlanishini baholashning dinamik normativ hamda ro‘yxatli ma’lumotlar (Panel data) usullari taklif qilingan;
mintaqalarni ishbilarmonlik va tadbirkorlikka oid statistik axborotlari tarkibi «mintaqalarning investision jozibadorligi», «innovatsion salohiyatning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari»ni kiritish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion rivojlanish va investision jozibadorlik dinamikasidagi o‘zgarishlarni baholashning ko‘p variantli statistik prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mintaqalar iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish va investision jozibadorligini statistik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa salohiyatini baholovchi jamlanma ko‘rsatkichlarning statistik baholash uslubi «mintaqaning investision jozibadorligi va innovatsion rivojlanish» integral ko‘rsatkichi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 6 avgustdagi 01/1-04-18/2-213-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi mintaqaning investision jozibadorlik va innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichini 0 va 1 oralig‘ida baholash hamda ushbu kompleks baholash ko‘rsatkich salohiyatining imkonini yaratgan;
mintaqalarning investision jozibadorligi va innovatsion rivojlanishini baholashning dinamik normativ hamda ro‘yxatli ma’lumotlar (Panel data) usullari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi BU-6-3-1/20-1839-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqalarning investision jozibadorligi hamda innovatsion salohiyatini statistik tahlil etish va baholash imkoniyatlari oshgan;
mintaqalarni ishbilarmonlik va tadbirkorlikka oid statistik axborotlari tarkibi «mintaqalarning investision jozibadorligi», «innovatsion salohiyatning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari»ni kiritish asosida takomillashtirilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 6 avgustdagi      01/1-04-18/2-213-son ma’lumotnomasi). Natijada tegishli tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan iqtisodiy rivojlanish dasturlarida bevosita mintaqalarda sodir bo‘ladigan innovatsion rivojlanish va investision jozibadorlik ko‘rsatkichlariga omillar ta’sirini mintaqalar bo‘yicha belgilangan integral ko‘rsatkichini iqtisodiy dasturlar samarasini statistik tahlil qilishda keng foydalanilishiga erishilgan;
innovatsion rivojlanish va investision jozibadorlik dinamikasidagi o‘zgarishlarni baholashning ko‘p variantli statistik prognozlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi BU-6-3-1/20-1839-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika, shu jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarining 2019-2023 yillarda ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot va xizmatlar, innovatsiyaga qilingan xarajatlar hamda asosiy kapitalga kiritilgan investisiya hajmlarini prognozlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish