Ibraximov Sanjar Urunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzluksiz ta’lim tizimida “uch bosqichli sport musobaqalari” yordamida o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirish parametrlarini kengaytirish mexanizmlari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.1.PhD/Ped20
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori; Shilmanov Perdebay Shilmanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Uch bosqichli sport musobaqalari”ning o‘quvchi-talabalarni komleks rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlarini aniqlash hamda mazkur sport musobaqalari mazmunini modernizasiyalashga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz ta’lim tizimida “Uch bosqichli sport musobaqalari” yordamida o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuni (ishchanlik, chidamlilik, raqibni hurmat qilish, tolerantlik) jismoniy va estetik madaniyat komponentlarini sog‘lom turmush madaniyati bilan uzviyligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
sport murabbiylarining kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan pedagogik talablar (kasbiy mahorat, deontologik, ergonomik) kasbiy sifatlarni o‘zlashtirish darajasi akmeologik kompetensiyalar (autopsixologik, akmeologik motivatsiya, akmega intilish) tuzilmasi bilan internal (ichki) integratsiyalash yordamida takomillashtirilgan;
“Uch bosqichli sport musobaqalari”ga qiziqishni rivojlantirishning pedagogik mexanizmi (izlash, baholash, tanlov, proeksiya) sub’ektivlik, individuallik, imprinting (barqarorlik), identifikatsiya (o‘xshashlik), refleksiya tamoyillarini shaxslararo munosabatlar madaniyati bilan intensiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Uch bosqichli sport musobaqalari” yordamida o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik parametrlari (ehtiyojlarning anglanganligi, g‘oyalar matrisasi, anologiya, assosatsiya) vatanparvarlik fazilatlarni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy, mafkuraviy, rag‘batlantiruvchi tarkibiy asoslarini belgilash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uzluksiz ta’lim tizimida “uch bosqichli sport musobaqalari” yordamida o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirish parametrlarini kengaytirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzluksiz ta’lim tizimida “Uch bosqichli sport musobaqalari” yordamida o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmunini takomillashtirishga oid takliflandan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyundagi “O‘quvchi va talaba-yoshlarni sportga jalb etishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 181-son Qarori asosida ishlab chiqilgan “Umid nihollari-2018” sport musobaqalari Nizomi (Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 22 sentyabrdagi 304-son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan)ning 1-,2-,3-ilovalari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-02/2-2-47-son ma’lumotnomasi). Natijada “Uch bosqichli sport musobaqalari”ni kompleks rivojlantirish mexanizmlari nazariy metodologik, pedagogik-psixologik jihatdan takomillashtirilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida “Uch bosqichli sport musobaqalari” yordamida o‘quvchi-talabalarni kompleks rivojlantirish parametrlarini kengaytirishga oid takliflardan F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizasiyalash va unifikasiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihani (2012-2016 yy.) hamda F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi fundamental loyihani (2012-2016 yy.) bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-02/2-2-47-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pedagogika” ensiklopediyasining I, II jildlari tayyorlangan hamda sport murabbiylarining kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan pedagogik talablar, sportchilarni ma’naviy-ahloqiy rivojlantirish dasturlarining tarkibi, mazmuni innovatsion pedagogik, tizimli, integrativ, refleksiv yondashuvlar hamda uzviylik va uzluksizlik prinsipiga tayangan holda takomillashtirilgan;
“Uch bosqichli sport musobaqalari”ga qiziqishni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-son qarori asosida ishlab chiqilgan “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 03-07-08-3672-son ma’lumotnomasi). Natijada “Uch bosqichli sport musobaqalari”ni tashkil etish va uning ko‘lamini kengaytirish yo‘llari, imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish mexanizmlari ilg‘or xalqaro hamda mahalliy tajribalarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish