Sharipova Go‘zal Sodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida talaba-qizlarning tadbirkorlik kompetensiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped717.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.28.03.2019.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. Ro‘ziev Erkin Iskandarovich pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida talaba-qizlarning tadbirkorlik kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologiya ta’limi yo‘nalishi bo‘lajak o‘qituvchilarini tayyorlashda xalq hunarmandchiligi fanini axborot texnologiyalar asosida o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
mehnat faoliyati motivatsiyasi, ijodiy qobiliyat va badiiy-estetik qarashlarini faollashtirish omillarini qamrab olgan metodik yondashuv asosida xalq hunarmandchiligini axborot texnologiyalar vositasida o‘rgatish tizimi shakllantirilgan;
talaba-qizlarni hunarga o‘rgatish, ularni tadbirkorlik bilan shug‘ul-lanishga yo‘naltirish orqali mehnat resurslari samaradorligini oshirish, jamiyatda xotin-qizlar o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish, ishsiz, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
texnologiya ta’limi yo‘nalishi talaba-qizlarida xalq hunarmandchiligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajalari (pedagogik fikrlashning tizimligi, mustahkamligi, pedagogik bilimlarni intergatsiyalash va qo‘llash, refleksiya, pedagogik masalalarni echishdagi ijodkorlik)ni aniqlash mezonlari tanlangan va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida talaba-qizlarning tadbirkorlik kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarga xalq hunarmandchiligini rivojlantirish maqsadida har yakshanba kuni darslar tashkil etish va bu bilan yoshlarda hunarmandchilik texnologiyalarini shakllantirish to‘g‘risidagi takliflari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 oktyabrdagi 947-son buyrug‘i ilovasining 2-bandini tayyorlashda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 89-03-4398-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishga oid metodik ishlar mazmunini rivojlantirishga erishilgan;
Oliy ta’lim muassasalarni bitirgan qizlar bandligini ta’minlash, tizimli monitoring olib borish, yaratilgan yangi ish o‘rinlariga bitiruvchi qizlarni joylashtirish va ularga imtiyozli kreditlar ajratilishini tashkil etishga qaratilgan takliflari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 135-son buyrug‘i ilovasining 3-bandini tayyorlashda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 89-03-4398-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarni hunarga o‘rgatish, ishsiz, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin-qizlar bandligini ta’minlash mexnizmlari takomillashtirilgan;
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining 192-bandiga muvofiq, xotin-qizlarning tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishsiz, bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarga, talaba-qizlarga, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek tumanlari hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida 2018 yilning avgust-dekabr` oylarida o‘tkazilgan xotin-qizlarning innovatsion haftaliklarida foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 04/2333-19-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda xotin-qizlarning hunarmandchilik faoliyatiga jalb qilish masalalariga e’tibor qaratilgan.