Turg‘unov Tursunboy Sabirovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi pul daromadlari shakllanish jarayonlarining statistik tahlili (Andijon viloyati misolida)», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt704.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.30.09.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda aholi pul daromadlari shakllanish jarayonlarini statistik usullarda tahlil qilish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi pul daromadlarining statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirishning uslubiy jihatlari xalqaro normalarga mos keluvchi «Milliy hisoblar tizimi-2008» standartlari asosida takomillashtirilgan;
aholining daromadlilik darajasi bo‘yicha tabaqalashuvini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi elastiklik, kvintil`, desil` hamda jini koeffisientlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
aholining daromadlilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlarni qamrab oluvchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
hududlarda aholining nominal va real pul daromadlari, ularning shakllanish jarayonlari va tendensiyalaridagi o‘zgarishlarni statistik baholash indekslar usulini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi pul daromadlari shakllanish jarayonlarining statistik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi pul daromadlarining statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirishning uslubiy jihatlarini xalqaro normalarga mos keluvchi «Milliy hisoblar tizimi-2008» standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Demografiya, inson kapitali darajasi va sifatini oshirish departamenti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 38-03\58-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi hududlarda daromad va farovonlik ko‘rsatkichlarini milliy hisoblar metodologiyasi bo‘yicha kompleks statistik tahlil qilish imkoniyatlarini 10,0 foizga oshirgan;
aholining daromadlilik darajasi bo‘yicha tabaqalashuvini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini elastiklik, kvintil`, desil` hamda jini koeffisientlarini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Demografiya, inson kapitali darajasi va sifatini oshirish departamenti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 38-03\58-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi hududlarda kompleks rivojlanish dasturlarini belgilash imkoniyatlarini 10-12 foizga oshirish imkonini bergan;
aholi daromadlilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlarni qamrab oluvchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnat bozori va mehnat migratsiyasini tahlil qilish yig‘ma axborot tahlil departamenti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 fevraldagi 01/00-04/07-893-son ma’lumotnomasi). Ushbu statistik ko‘rsatkichlar tizimining amaliyotga joriy etilishi hududlarda aholi daromadlarini hisoblashning integral ko‘rsatkichlar tizimini kompleks statistik baholash imkoniyatini kengaytirgan;
hududlarda aholining nominal va real pul daromadlari, ularning shakllanish jarayonlari va tendensiyalaridagi o‘zgarishlarni statistik baholashning indekslar usulini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Demografiya, inson kapitali darajasi va sifatini oshirish departamenti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 38-03\58-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi olinadigan axborotlarning haqqoniyligi, shaffofligi, xolisligi hamda qiyosiy taqqoslash imkoniyatlarini kengaytirgan.