Muxitdinova Nazira Batirxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jeyms Joys ilk prozasining poetik xususiyatlari (“Dublinliklar” va “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” asarlari misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil.304.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Muxammadjon Nurkasimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.29.06.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Baqoeva Muxabbat Qayumovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhammedova Xulkar Eliboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jeyms Joysning dastlabki asarlari bo‘lgan “Dublinliklar” hikoyalar to‘plami va “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” romani badiiy olamining manzaralariga doir asosiy strukturaviy va poetik qirralarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat: 
Jeyms Joysning “Dublinliklar” hikoyalar to‘plami va “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” romani poetikasining badiiy yaxlitligi, makon va zamon mutanosibligi asoslangan;
badiiy yaxlitlik muammosi lingvistik, matndagi madaniy tamoyillari lingvokul`turologik va asarlarning qadim miflarga bog‘liqligi bo‘yicha mifologik nuqtai nazardan tasniflanib, struktural qirralari aniqlangan;
adib asarlaridagi ijtimoiy-etik qarashlari, qahramonlar va adib o‘rtasidagi biografik o‘xshashlik xususiyatlari ochib berilgan;
Jeyms Joys asarlarida ijtimoiy muhit personajlar tabiatining shakllanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jeyms Joys ilk prozasining poetik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Jeyms Joys dunyoqarashni tasvirlash mahoratidagi o‘ziga xos usullar bo‘yicha olingan natijalardan OT-F8-062-raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 89-03-4185-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jeyms Joys ilk prozasining poetikasi o‘rganilayotgan jarayonda til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari ham inobatga olinishi hamda ilmiy asoslab berilganligi o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligida jahon adabiyotining ta’sirini aniqlashda imkon bergan;
ingliz modern adabiyoti bilan bog‘lik muammolar tasviri natijalaridan I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 89-03-4185-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyati va adabiyotshunoslik asoslari bilimi oshirilgan hamda ta’lim tizimi jarayoni takomillashtirilgan;
Jeyms Joys asarlarining poetikasini tadqiq etish jarayonida olingan natijalardan Buyuk Britaniya Ekzeter Universitetining kutubxonasida ingliz adabiyotiga bag‘ishlangan seminarda foydalanilgan (Ekzeter universitetining 2019 yil 28 oktyabrdagi 690011608-son ma’lumotnomasi). Natijada, seminar ishtirokchilari Jeyms Joys ijodidagi ong oqimi texnikasi haqida ma’lumotga ega bo‘lishgan; 
tadqiqot xulosalaridan Cambridge Central Asia Forum Jesus College, Kembridj universitetining bir qator filolog va adabiyotshunos ekspertlar tomonidan adibning asarlari poetikasini tadqiq qilish jarayonida  foydalanilgan (Kembridj universitetining 2019 yil 12 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya avtoreferati Cambridge Central Asia Forum kutubxonasiga qabul qilinib, talabalarga Jeyms Joys asarlari tarjimalari xususida ma’lumot olishlariga xizmat qilmoqda;
taqdim etilgan tadqiqot ishi natijalari va materiallaridan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 16 sentyabr` kuni efirga uzatilgan “Adabiyot darsi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati bo‘limining 2019 yil 6 noyabrdagi  01-08/1172-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotning XX asr adibi Jeyms Joys ilk prozasining poetik xususiyatlariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlari va nazariy xulosalari orqali ko‘rsatuv mazmuni boyitilgan;
Jizzax viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan dissertatsiya tadqiqoti asosida olingan ilmiy natijalardan foydalanilgan (Jizzax viloyat ma’naviyat va ma’rifat kengashi Jizzax viloyat bo‘limining 2019 yil 31 oktyabrdagi 01-168-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning kitobxonlik saviyasi oshirilgan, ilg‘or chet el adabiyoti asliyat va tarjimada targ‘ib qilingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish